AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralaşuvini baholaşda köplab protsessual qonunbuzarliklarga yöl qöyilgani keltirilgan hisobotni e’lon qildi. Unda avvalgi baholaş siyosiy sabablarga köra amalga oşirilgan bölişi mumkinligi körsatilgan.

2016 yilgi saylovlarda Respublikaçilar partiyasidan Donald Tramp, Demokratlar partiyasidan esa Hillari Klinton AQŞ prezidentligi uçun kuraşgan. Hujjatda körsatilişiça, Rossiyaning aralaşuvi haqidagi baholaş «yuqori martabali rossiyalik amaldorlarning oçiqçasiga namoyon bölgan xatti-harakatlari va davlat tomonidan nazorat qilinadigan OAV faoliyati asosida» amalga oşirilgan.

«Tahlilçilarning aksariyati Klintonni qoralaş Trampni qöllab-quvvatlaş bilan barobar, degan xulosaga kelgan», — deyiladi hisobotda.

Bu boradagi tahlillarni ötkazişni 2025 yil may oyida Markaziy razvedka boşqarmasi boşliği Jon Retkliff buyurgan. U 2020-2021 yillar Donald Tramp davrida razvedka boşqarmasiga rahbarlik qilgan va 2025 yil yanvarda, Trampning ikkinçi prezidentlik muddati boşlanganidan keyin yana lavozimga qaytgan.

Eslatib ötamiz, 2017 yilda AQŞ maxsus prokurori Robert Myuller ofisi Rossiyaning Amerika prezidentligi saylovlariga aralaşuvi işini tergov qilgandi. 2018 yil fevralda idora işda gumon qilinayotgan şaxslarga nisbatan ayblov xulosasini çop etgan. 9 oy davomida tayyorlangan hujjat 40 ga yaqin sahifaga ega edi. Unda 13 rossiyalik ismi tilga olingan. Maxsus prokuror ma’lumotlariga köra, uşbu rossiyaliklarning barçasi AQŞ prezidenti saylovlari natijalariga ta’sir qilmoqçi bölgan, biroq buning uddasidan çiqmagan.