Gurjiston davlat elektr tizimi ma’lumotiga köra, 24 iyul kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 00:10 da mamlakat miqyosida elektr energiyasi ta’minoti avariyaviy tarzda uzilgan. Hodisa sabablari yuzasidan tekşiruv işlari olib borilmoqda.

Rus tilidagi ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotlarga köra, poytaxt Tbilisi bilan bir qatorda Batumi, Kutaisi, Telavi, Borjomi, Bakuriani va Zugdidi şaharlari ham elektr ta’minotisiz qolgan.

«Kavkazskiy uzel» naşrining yozişiça, elektr ta’minotidagi nosozlik oqibatida nasos stansiyalari faoliyati ham töxtagan. Şu munosabat bilan Tbilisi, Rustavi va Msxeta şaharlari aholisi suv ta’minotida ham vaqtinçalik muammolar yuzaga kelişi mumkinligi haqida ogohlantirilgan. Georgian Water and Power kompaniyasi mamlakat böylab elektr uzilganini tasdiqlab, ayrim hududlarda suv ta’minotida ham uzilişlar bölişi mumkinligini ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim xabarlarda ommaviy blekautga Gurjiston va Turkiya energetika tizimlarini boğlovçi yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoğidagi avariya sabab bölgani aytilgan. Biroq Gurjistonning Pirveli telekanali davlat elektr tizimi bu ma’lumotni rad etganini xabar qildi. Kompaniyaga köra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur bayonot haqiqatga töğri kelmaydi va hozirça rasmiy sabab e’lon qilinmagan.

Maqola e’lon qilingan vaqtga kelib Tbilisining aksariyat tumanlarida elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Şu bilan birga, «Interfaks» agentligi tan olinmagan Abxaziya hokimiyatiga tayanib, respublika hududi töliq elektrsiz qolganini xabar qildi. Rasmiylarga köra, bunga Inguri gidroelektr stansiyasida yuz bergan tizimli avariya sabab bölgan.

Abxaziya Energetika vazirligining Telegram-kanali mahalliy vaqt bilan soat taxminan 03:00 da respublika böylab elektr ta’minoti töliq tiklanganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uçun, Inguri GES Kavkazdagi eng yirik gidroelektr stansiyasi hisoblanadi. Gurjiston–Abxaziya mojarosidan söng uning töğoni Gurjiston nazoratidagi hududda, boşqaruv pulti esa Abxaziya tomoni nazorat qiladigan Gal tumanida qolgan. GES aksiyalarining 100 foizi Gurjiston davlat mulki hisoblanadi. Amaldagi kelişuvga muvofiq, stansiya işlab çiqaradigan elektr energiyasining 60 foizi Gurjistonga, 40 foizi esa Abxaziyaga taqsimlanadi.