Douglas, Boeing, Airbus va Tu-154 – Fuqaro aviatsiyasi tarixida urib tuşirilgan samolyotlar
|20:24 / 02.03.202514 26611 min
Aviatsiya tarixida eng köp Douglas va Boeing samolyotlari urib tuşirilgan. Bunga sabab XX asr örtalaridan boşlab, 1970-yillargaça dunyoda eng ommabop samolyot Douglas bölgan. Keyinçalik Amerikaning Boeing kompaniyasi boşqalardan özib ketdi va bugun ham dunyodagi köplab aviakompaniyalar uning samolyotlaridan foydalanadi.
2024 yil 25 dekabr kuni Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasiga qaraşli Boku-Grozniy yönalişida parvoz qilayotgan Embraer E190 samolyoti Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinida qulab tuşdi.
Oqibatda samolyot bortida bölganlardan 38 nafar odam halok böldi. 29 kişi tirik qoldi. Hodisadan biroz ötib, ayrim tafsilotlar aytildi. Unga köra, Rossiya havo hujumidan mudofaa kuçlari Embraer E190 tomonga raketa uçirgan va samolyot yaqinida portlab, fyuzelyaj qoplamasiga zarar yetkazgan.
Şundan söng uçuvçilar favqulodda qönişni söraganiga qaramay, şikastlangan samolyotga Rossiya aeroportlariga qönişga ruxsat berilmagan. Ekipajga Kaspiy dengizi orqali Qozoğiston ğarbidagi Oqtov şahri tomon uçiş kerakligi aytilgan.
Hodisa yuzasidan Vladimir Putin Ilhom Aliyevdan uzr söradi. Biroq Ozarboyjon tomoni samolyotga zarba berganlar jazolanişini va Rossiya tovon puli tölab berişi kerakligini talab qilmoqda.
Yaqinda AZAL samolyoti halokati böyiça yakuniy hisobot yil oxirigaça e’lon qilinişi aytildi. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (ICAO) talablariga köra, aviahalokat tergoviga bir yil vaqt ajratiladi.
Avvalroq, Kun.uz’da SSSR va Rossiya tomonidan urib tuşirilgan yölovçi samolyotlari haqida ma’lumot berildi. Quyida fuqaro aviatsiyasi tarixida turli yillarda urib tuşirilgan yölovçi samolyotlari haqida ma’lumotlarni keltirib ötamiz.
1938 yil 24 avgust. AQŞlik uçuvçilar tomonidan boşqarilgan, Xitoy aviakompaniyasiga qaraşli Douglas DC-2 samolyoti Hongkong-Uçjou yönalişida parvoz qilayotganda yaponlar tomonidan urib tuşirilgan.
Oqibatda uning bortida bölgan 17 kişidan 14 nafari halok bölgan, 3 nafari tirik qolgan. Halok bölganlar orasida xitoylik uç nafar boy bankir ham bölgan.
Uşbu Douglas fuqaro aviatsiya tarixida urib tuşirilgan yirik ölçamli ilk yölovçi samolyoti hisoblanadi.
1940 yil 14 iyun. Tallindan Xelsinkiga parvoz qilgan Finlandiyaning Aero aviakompaniyasining Junkers Ju 52 samolyoti SSSR tomonidan Fin körfazi yaqinida urib tuşiriladi.
Mavzuga oid
Öşa paytda sovet-fin uruşi tugaganiga 3 oy bölgandi. Bu uruş tufayli ança hududidan ayrilgan Finlandiya hukumati ikki davlat örtasidagi munosabatni yana keskinlaştirişdan qörqib SSSRga qarşi rasmiy norozilik bildirmaydi.
1942 yil 3 mart. Gollandiyaning KNILM aviakompaniyasiga qaraşli Douglas DC-3 samolyoti Indoneziyadan Avstraliyaga parvoz qilayotganda Yaponiyaning Mitsubishi A6M Zero qiruvçi samolyoti tomonidan urib tuşiriladi.
Samolyot Brum şahridan 90 kilometr şimolga qulab tuşadi. Halokatdan söng sodir bölgan otişmada samolyot bortida bölgan 12 nafar yölovçi va ekipaj a’zolaridan tört kişi halok böladi. Samolyot bortida bölgan bir neça million dollarlik olmosning katta qismi yöqoladi.
1943 yil 1 iyun. Britaniyaning BOAC aviakompaniyasiga qaraşli Douglas DC-3 Lissabondan Buyuk Britaniyaning Bristol şahriga parvoz qilayotganda faşistlar Germaniyasiga qaraşli qiruvçi samolyot tomonidan urib tuşiriladi.
Oqibatda samolyotda bölgan 17 kişining barçasi, şu jumladan britaniyalik aktyor Lesli Hovard halok böladi. Keyinçalik nemis uçuvçilari öz esdaliklarida Douglas DC-3’ni qiruvçi samolyot bilan adaştirişgani haqida yozişgan.
1943 yil 22 oktyabr. Şvetsiya aviakompaniyasiga tegişli Douglas DC-3 Şotlandiyaning Aberdin şahridan Stokholmga uçayotganida faşistlar Germaniyasiga qaraşli samolyot tomonidan öqqa tutiladi.
Oqibatda samolyot qulab tuşadi va uning bortida bölgan 15 kişidan 13 nafari halok böladi, mexanik va yölovçi tirik qoladi.
1954 yil 23 iyul. Hongkong aviakompaniyasiga qaraşli Douglas 10-DC samolyoti Hongkong-Bangkok yönalişida uçayotganda Xitoy qiruvçi samolyoti Xaynan oroli yaqinida urib tuşiradi.
Oqibatda samolyotda bölgan 19 kişidan 10 nafari halok böladi. Keyinroq Xitoy uzr sörab, halok bölganlarning yaqinlariga va aviakompaniyaga tovon puli tölaydi. Keyinroq France Presse axborot agentligi yölovçi samolyotni urib tuşirgan xitoylik uçuvçilarga ölim jazosi berilgani haqida yozgandi.
1955 yil 27 iyul. Isroilning El Al aviakompaniyasiga qaraşli Lockheed samolyoti London-Tel-Aviv yönalişida uçayotganda Bolgariyaga qaraşli MIG-15 qiruvçi samolyoti tomonidan urib tuşiriladi. Oqibatda samolyot bortida bölgan 51 nafar yölovçi va 7 nafar ekipaj a’zolari halok böladi.
Öşanda bolgarlar samolyot yöldan adaşib Bolgariya havo hududiga ruxsatsiz kirib ketganini aytişadi. Biroq bir neça yil davom etgan sud jarayonlaridan keyin 1959 yilda Xalqaro sud hukmi bilan Bolgariya halok bölganlarning oilalariga tovon puli tölab beradi.
Keyinçalik SSSR parçalanib ketganidan söng Isroilga tegişli samolyotni bolgarlar emas, Bolgariya osmonini qöriqlayotgan sovet harbiylari urib tuşirgani ma’lum böladi.
1962 yil 30 iyun. Aeroflot aviakompaniyasiga qaraşli Tu-104 samolyoti Xabarovsk-Moskva yönalişi böyiça uçayotganda Krosnoyarsk ölkasi hududida qulab tuşadi. Oqibatda samolyot bortida bölgan 76 nafar yölovçi va 8 nafar ekipaj a’zolari vafot etadi.
Hodisa yuzasidan suriştiruv olib borgan komissiya halokatga samolyotning bulutlar orasiga tuşib qolişi yoki uning salonida sodir bölgan iş sabab bölgan degan xulosaga keladi.
Ammo samolyot bölaklarining biridan diametri 20 santimetr bölgan teşik topiladi. Teşikning atrofi kuygan edi. Tu-104 zenit raketasi bilan urib tuşirilgandi. Ammo öşa paytda sovetlar samolyotning urib tuşirilganini ommadan yaşirişadi.
1973 yil 21 fevral. Liviya aviakompaniyasiga qaraşli Boeing 727 Tripolidan Bahraynga uçayotganda Misrning Ismoiliya şahri yaqinida Isroil harbiy-havo kuçlari tomonidan urib tuşiriladi. Oqibatda 108 kişi halok böladi. 5 kişi tirik qoladi.
Keyinçalik aniqlanişiça, Qohirada töxtab ötgan samolyot havoga kötarilgaç qum böronlariga duç kelgan va yönalişdan adaşib Isroil hududiga ötib ketgan. Isroilliklar samolyot terrorçilar tomonidan egallab olingan degan gumonga boradi va urib tuşiradi.
1978 yil 20 aprel. Korean Air Lines aviakompaniyasiga qaraşli Boeing 707 samolyoti Parijdan Seulga parvoz qiladi. Samolyot uçuvçilari navigatsiya xatosi tufayli yönalişdan adaşib Kareliyada SSSR havo hududiga kiradi.
Şundan söng Su-15 qiruvçi samolyoti Boeing 707’ga raketa otib unga şikast yetkazadi. Şu tariqa Koreya samolyoti muzlagan Korpiyarvi köliga majburan qöndiriladi.
Öşanda samolyot bortida 97 nafar yölovçi va 12 nafar ekipaj a’zosi bölgan. Hodisada ikki yölovçi raketa parçalari tegib halok böladi, 13 kişi yaralanadi.
Oradan ikki kun ötib Boeing 707 yölovçilari AQŞ samolyotida Murmanskdan Finlandiyaga olib ketiladi. Koreyalik uçuvçilar SSSR havo hududini buzişda ayblanib hibsga olinadi. Ular öz aybini tan olib afv söragaç SSSRdan çiqarib yuboriladi.
1978 yil 3 sentabr. Air Rhodesia aviakompaniyasiga qaraşli Vickers Viscount 782D samolyoti Viktoriya şarşarasidan Solsberi (hozirgi Xarare) şahriga uçayotganda partizanlar tomonidan SSSRda işlab çiqarilgan “Strela-2” zenit kompleksi yordamida urib tuşiriladi.
Oqibatda samolyot Karoy şahri yaqiniga qulab tuşadi va uning bortidagi 52 kişidan 34 nafari halok böladi. Yana 10 nafari partizanlar tomonidan otib taşlanadi. Qolgan 8 kişi partizanlardan qoçib qutuladi.
1979 yil 12 fevral. Air Rhodesia aviakompaniyasiga qaraşli Vickers Viscount samolyoti Karibadan Solsberiga uçayotganda partizanlar tomonidan “Strela-2” zenit kompleksi yordamida urib tuşiriladi. Oqibatda samolyot bortidagi barça, 55 yölovçi va 4 ekipaj a’zosi halok böladi.
1980 yil 27 iyun. Italiya aviakompaniyasiga qaraşli McDonnel Douglas samolyoti Bolonya-Palermo yönalişida uçayotganda Ustika oroli yaqinida dengiziga qulab tuşadi. Oqibatda samolyot bortida bölgan 81 nafar yölovçi va ekipaj a’zolari halok böladi.
Öşanda samolyot NATO harbiylari iştirokida ötkazilayotgan maşğulotlar paytida uçirilgan raketa tegib qulab tuşgani aytiladi. Şuningdek, samolyot terrorçilar tomonidan olib qoçilgan degan taxminlar ham bildiriladi.
1983 yil 1 sentabr. Korean Air Lines aviakompaniyasiga qaraşli Boeing 747 Nyu-York-Seul yönalişi böylab uçayotganda SSSR hududiga kirgani aytilib, Su-15 samolyoti tomonidan urib tuşiriladi.
Oqibatda samolyot bortida bölgan 246 yölovçi va 23 ekipaj a’zosi halok böladi. Halok bölganlar orasida AQŞ kongressi a’zosi Larri MakDonald ham bor edi. Öşanda SSSR na uzr söraydi, na tovon puli tölaydi. Aksinça hodisada koreyaliklarning özini ayblab çiqadi.
1988 yil 3 iyul. Iran Air aviakompaniyasiga qaraşli Airbus A300 Bandar Abbos-Dubay yönalişida parvoz qilayotganda AQŞga qaraşli Vincennes kreyseridan uçirilgan raketa bilan urib tuşiriladi.
Oqibatda samolyot bortida bölgan barça – 290 kişi halok böladi. Öşanda AQŞ harbiylari Airbus A300’ni harbiy samolyot deb taxmin qilgani aytiladi. 1996 yilda AQŞ halok bölganlarning oila a’zolariga tovon pullarini tölab beradi.
2001 yil 4 oktyabr. Rossiyaning “Sibir” aviakompaniyasiga qaraşli Tu-154 samolyoti Tel-Avivdan Novosibirskka uçayotganda Qora dengiz ustida qulab tuşadi. Oqibatda samolyot bortida bölgan 66 yölovçi va 12 ekipaj a’zosi halok böladi.
Xalqaro komissiya xulosasiga köra, samolyot harbiy maşğulotlar vaqtida uçirilgan Ukrainaning S-200 zenit-raketa majmuasi bilan urib tuşirilgan. Keyinroq Ukraina halok bölganlarning yaqinlariga tovon puli tölab beradi.
2014 yil 17 iyul. Malaysia Airlines aviakompaniyasiga qaraşli Boeing 777 samolyoti Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uçayotganda Ukraina şarqidagi Donetsk viloyatida qulab tuşadi.
Oqibatda samolyot bortida bölgan 283 yölovçi va 15 ekipaj a’zosi halok böladi. Keyinroq mazkur samolyot Rossiyaning “Buk” raketasi bilan urib tuşirilgani ma’lum böladi. Biroq Rossiya tomoni uşbu hodisaga aloqadorligini inkor etib kelmoqda.
2020 yil 8 yanvar. Ukraina aviakompaniyasiga qaraşli Boeing 737 samolyoti Tehron-Kiyev yönalişida parvoz qiliş uçun havoga kötarilganda ikkita raketa bilan urib tuşiriladi. Oqibatda samolyot bortida bölgan 176 nafar odam halok böladi.
Oradan uç kun ötib 2020 yil 11 yanvar kuni Eron tomoni samolyot xatolik tufayli Eron harbiylari tomonidan urib tuşirilganini ma’lum qiladi. Söng hodisa uçun Ukraina hukumati hamda halok bölganlarning oila a’zolaridan uzr söraydi.
Eronliklar bayonotiga köra, avialayner Islom inqilobi muhofizlari korpusiga qaraşli muhim harbiy obektlardan birining tepasidan uçib ötgan. Harbiylar samolyotni “duşman obekti” deb öylagan va boş ştab ruxsatisiz urib tuşirgan.