Poytaxtda har kuni ham uçrayvermaydigan tuğiliş qayd etildi. Ona farzandini tuğuruqxonaga olib ketayotgan maşinada dunyoga keltirdi. Taksi haydovçisi Kun.uz’ga hammasi qanday yuz bergani haqida gapirib berdi.
Farhod Fattoyev Buxoro viloyatidan. 14 yillik tajribaga ega haydovçi. 5 nafar farzandning otasi. U hozir taksiçilik bilan şuğullanadi. Avval Matiz’da taksiçilik qilgan, keyin esa odamlar unga çiqmay qöyavergani ortidan qarzga Gentra maşinasini olib, işini davom ettiradi. Toşkentga kelganiga ham köp bölmagan. Yaqinda mijozlardan biri uning maşinasida öğil farzandni dunyoga keltirdi.
Uning aytişiça, odatdagidek buyurtmalardan birini olib manzilga yöl olgan. Manzilga yetmasidan mijoz qönğiroq qilib, tezroq kelişni, homilador ayolni tuğuruqxonaga olib boriş kerakligini aytadi. U manzilga tezda yetib boradi.
“Ayolning dardi maşinaga çiqqanidan 5 daqiqa ötib boşlandi, yonida qaynonalari ham bor edi. Ularni şifoxonaga yetkaziş uçun yöl harakati qoidalariga qaramasdan tezlikni oşirdim… Bir payt orqa örindiqdan çaqaloq ovozi eşitildi, maşina oynasidan qarasam ayolning qaynonasi çaqaloqni qöllarida uşlab turgan ekan. Hayajonlanib qoldim. Xavotirim ikki karra oşdi, çunki yangi tuğilgan çaqaloqni tezroq şifoxonaga olib borişim kerak edi”, — deya voqeani hikoya qilib beradi Farhod Fattoyev.
Orada YPX xodimlari uni töxtatişga harakat qilgan, u esa oynasini tuşirib, xodimlarga vaziyatni tuşuntirgan. Şundan söng YPX xodimlari ularni Toşkent şahar 3-sonli tuğuruqxonaga yetib olişlariga kömaklaşgan.
“35 daqiqalik manzilga 20 daqiqada bordik. Ona ham, bola ham soğlom edi. Ularni soğlom yetkazib bora olganimdan juda xursand edim”, — deydi haydovçi.
Ma’lum bölişiça, ayol öğil farzandni dunyoga keltirgan. Unga yaxşi niyat bilan Abdulloh deya ism qöyişgan.
“Onaxon nevarasiga Abdulloh deb ism qöyişganini aytib, meni köpdan köp duo qildi”, — deya xursandçiligini yaşirmaydi Farhod Fattoyev.
Haydovçining aytişiça, bu voqeadan xabar topgan yaqinlari endi uni hazillaşib “tez yordam” deb ataşga ötişgan.






