Ukrainadagi uruş istiqboli masalasida AQŞning qat’iy pozitsiyasi va Kiyevning strategik ehtiyojlari örtasida jiddiy tafovutlar yuzaga çiqdi. Şu bilan birga, Yevropada ham yangi kuç markazlari paydo bölişi mumkin: Germaniya yangi hukumati orqali Parij va London bilan yaqinlaşmoqda. Bu Ukraina uçun nimani anglatadi? Ğarbdagi strategik böliniş uruş natijalariga qanday ta’sir körsatadi?

Bu mavzular Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida muhokama qilinadi.

Reallik nuqtayi nazaridan endi buyoğiga vaziyat qanday davom etadi?

Kamoliddin Rabbimov: Ikki tomon ham bölib ötgan uçraşuvdan yaxşigina xulosa çiqarsa kerak. J.D. Vens Oq uyda Trampni manipulatsiya qilib, Zelenskiy bilan tiraşuvga undadi.

Oldinlari Qöşma Ştatlardagi saylovlarda ikkita asosiy partiya ğalaba qozonib kelsa ham, qandaydir boğliqlik va tadrijiylik, ya’ni uzviylik bor edi, bugun şu narsa yöq. Hozir AQŞning an’anaviy siyosati 180 darajaga özgardi, ya’ni bu qadar qutblaşuv Amerikani, albatta, holsizlantiryapti. Bundan keyin ittifoqçilari öylaydiki: «Hozir men bu prezident bilan kelişsam, tört yildan keyin boşqa odam böladi, u bilan qanday böladi munosabat? Heç qanday kafolat yöq», degan fikrga boradi. Bu jarayonlar Kreml foydasiga, lekin ma’lum bir muddatdan keyin bu Putinga uning salbiy aks sadosi, albatta, böladi.

Ayni vaqtda butun Yevropa Ittifoqi Ukraina tarafida turibdi. Donald Tramp oldida katta murakkab dilemmasi bor. Tramp Putinni deb Yevropa Ittifoqidan voz keça olmaydi. Odatda katta kelişuvlar köpçilikning asosiy roziligi bilan böladi. Bu yerda köpçilikning asosiy roziligi bölmayapti. Juda ham kuçli qutblaniş ketmoqda.

Oqibatda mana, Ukraina, Yevropa Ittifoqi va dunyoning köpgina hamjamiyati, masalan, Turkiya ham Zelenskiy tarafida. Yaqinda Erdöğan bilan uçraşganda u aytdiki, Erdöğan hali Yevropa liderlari aytmayotgan gapni aytyapti: «Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suvereniteti degan qadriyatdan çekingani yöq». Bu aslida uning yaqin dösti Putin «ogorod»iga katta toş otişdan boşqa narsa emas.