Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan tortişganidan söng, Fox News telekanaliga bergan intervyusida öz mamlakatiga körsatgan yordami uçun Qöşma Ştatlarga minnatdorçilik bildirdi. Biroq uzr söraşi kerakmi, degan savolga salbiy javob berdi.

Ukraina yetakçisi xavfsizlik kafolatlari haqidagi avvalgi tezislarini takrorlab, ularsiz öt oçişni töxtatişga rozi bölmasligini ma’lum qildi.

Avvalroq, AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Zelenskiyni «bu işni rasvo qilgani uçun» uzr söraşga çaqirgan edi.

Oval kabinetdagi uçraşuv janjal va gap talaşişga aylanib ketganidan söng, Ukraina tomoni boşqa xonaga kirdi, deb xabar berdi CBS News. Şundan söng Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uols va Davlat kotibi Marko Rubio ularga Oq uyni tark etişni aytdi. Telekanal manbasi sözlariga köra, Zelenskiy vaziyatni yumşatişga urinib, uçraşuvni qayta tiklaşni söragan, biroq Tramp va boşqa AQŞ rasmiylari Ukraina prezidentining xatti-harakatidan «ranjigan». Foydali qazilmalar böyiça bitim esa imzolanmadi.

The Economist naşrining yozişiça, Zelenskiy Oq uyga kelganida AQŞ-Ukraina munosabatlari allaqaçon «mört va noaniq» edi, biroq u ketganida «parçalandi». Financial Times naşriga köra, Oq uydagi uçraşuv imkon qadar yomon boşlandi. Zelenskiy AQŞ va Rossiya yetakçilari örtasida qoldi, ular Ukraina prezidenti bilan emas, köproq özaro murosaga kelgan körinadi. «Endi AQŞ Ukrainadan voz keçgani ma’lum böldi», deb yozdi naşr.