Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

2025 yil 1 sentabrgaça navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, şuningdek, attestatsiyadan ötganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan quyidagi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi hamda ularga amaldagi malaka toifasi (lavozimi) böyiça haq tölanadi:

▪️oliy malaka toifasiga (boş öqituvçi lavozimiga) ega bölganidan söng uşbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz iş stajiga ega bölgan;
▪️pedagogik faoliyat böyiça 25 yil va undan köp iş stajiga ega bölgan;
▪️yoshga doir pensiyaga çiqişi uçun 5 yildan köp bölmagan vaqt qolgan;
▪️pedagogik faoliyat bilan şuğullanayotgan pensiya yoşiga tölgan pedagoglar;

Quyidagi talablardan biriga javob beradigan pedagoglarga töğridan töğri malaka toifasi (lavozimi) beriladi:

▪️pedagogik faoliyat böyiça 25 yil va undan köp iş stajiga ega bölgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
▪️yoshga doir pensiyaga çiqişi uçun 5 yildan köp bölmagan vaqt qolgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
▪️oliy malaka toifasiga (boş öqituvçi lavozimiga) ega bölganidan söng uşbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz iş stajiga ega bölgan pedagoglarga – oliy malaka toifasi (boş öqituvçi lavozimi).

Quyidagilar nazarda tutilmoqda:

🔹ta’lim taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani pedagoglari, pensiya yoşidagi pedagoglar hamda oliy ma’lumotga ega bölmagan pedagoglarni attestatsiyadan ötkaziş;
🔹Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlar va ilğor xodimlarni rağbatlantiriş;
🔹Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri jamğarmasi faoliyatini takomillaştiriş.