Los-Anjyelesda «Oskar» Kinoakademiyasining 97-taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Oqşom triumfatori «Anora» filmini suratga olgan rejissyor Şon Beyker böldi. U jami törtta şaxsiy haykalçani qölga kiritdi (ssenariy, montaj, rejissyorlik va eng yaxşi film uçun) — unga qadar bir keçada bu qadar köp mukofotni faqat Uolt Disney qölga kiritgan. Film uçun beşinçi statuetka esa kutilmaganda unda boş rolni öynagan aktrisa Mayki Medisonga nasib etdi (bu kategoriyada «Substansiya» filmi uçun mavsum favoritkasi Demi Murning ham nomzodi qöyilgandi, ammo u mukofotsiz qoldi.

«Anora» filmi Brayton-Biçda fohişalik bilan şuğullanuvçi, rus oligarxining öğli bilan turmuş qurmoqçi bölgan, ammo orzusi çippakka çiqqan ayol taqdiri haqida hikoya qiladi. Foto: Reuters

Rejissyor Beykerga «Oskar»ni Kventin Tarantino topşirdi. «Kventin, agar sen Maykini «Bir kuni Hollivudda» filmida suratga olmaganingda, «Anora» ham bölmasdi», dedi u.

«Bu haqiqatan ham mustaqil film», - dedi Beyker keçaning asosiy mukofotini qabul qilib olayotganda. U bilan birga kartinani yaratişda iştirok etgan barça aktyorlar, jumladan, rossiyalik Yura Borisov ham sahnaga çiqdi.

U «Anora» filmidagi Igor roli uçun «Ikkinçi plandagi eng yaxşi erkak aktyor» nominatsiyasida iştirok etdi, ammo bu nominatsiyadagi mukofotni «Haqiqiy oğriq» (A Real Pain) filmidagi ijrosi uçun Kiran Kalkin qölga kiritdi.

Şon Beyker eng yaxşi rejissyor sifatida törtinçi haykalçani olmoqda
Foto: Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA

«Ikkinçi plandagi eng yaxşi ayol aktyor» nominatsiyasi böyiça «Oskar» mukofotini «Emiliya Peres» myuziklida Rita Mora Kastro rolini ijro etgan Zoi Saldana öziniki qildi.

«Men immigrantlar farzandi ekanimdan faxrlanaman, - dedi u juda hayajonli nutqida. - Men kelib çiqişiga köra dominikanlik bölgan va «Oskar» olgan birinçi ayolman va oxirgi emasligimni ham bilaman».

«Eng yaxşi aktyor» nominatsiyasida «Brutalist» dramasida Laslo Tota rolini ijro etgan Edriyen Broudi «Oskar»ni qölga kiritdi.

Latviyalik rejissyor Gins Zilbalodisning toşqindan omon qolgan muşuk haqidagi «Oqim» (Flow) multfilmi eng yaxşi töliq metrajli animatsion film sifatida tan olindi.