Germaniya kansleri Olaf Şols Ukrainani qurolsizlantiriş va mamlakatda rossiyaparast hukumat tuzilişiga qarşi çiqdi. Bu haqda u 2 mart, yakşanba kuni Londonda bölib ötgan sammit yakunida aytib ötdi.

«Bu hujumga uçragan, katta tajovuz qurboni bölgan mamlakat. Bu hamma uçun inkor etib bölmaydigan haqiqat. Va, albatta, bu biz ham şunga yaraşa harakat qilişimiz kerakligini anglatadi», deb aytgan Şols. Unga köra, «Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bölişga qaror qilgan Yevropa davlati. Bu demokratik davlat va şunday bölişi kerak».

«Bizga yana bir narsa ayonki, bu Ukrainani ham moliyaviy, ham harbiy jihatdan qöllab-quvvatlaşimiz kerakligini anglatadi. Ukrainani xalqaro va transatlantik qöllab-quvvatlaş mamlakat va Yevropa xavfsizligi uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega bölib qolmoqda», — deya davom etdi Germaniya kansleri.

Şols Ukrainani demilitarizatsiya qilişga qarşi

«Rossiya nuqtayi nazarini qabul qilib bölmaydi. Rossiyaning maqsadi har doim Ukrainada rus ohangiga raqsga tuşadigan hukumat yaratiş bölgan. Bu qabul qilib bölmaydigan narsa», — deydi Şols.

«Ikkinçi masala — demilitarizatsiya. Rossiya buni doimiy ravişda talab qiladi, lekin buni qabul qilib bölmaydi. Aksinça, Ukraina unga boşqa heç qaçon hujum qilinmasligini ta’minlaş uçun yetarli darajada kuçli bölişi kerak — bu mamlakat, uning fuqarolari va barçamiz tajribamizdan kelib çiqqan holda. Bu ham kelajak uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi», — deya qöşimça qildi kansler.

Uning sözlariga köra, Moskva va Kiyev örtasidagi tinçlik muzokaralarining boşlaniş nuqtasi Rossiyaning Ukrainani öqqa tutişini töxtatiş bölişi mumkin. «Agar bombardimon töxtatilsa, bu juda foydali bölardi», deb aytgan Şols. «Bu keyinçalik davom etişi mumkin bölgan muzokaralar uçun boşlanğiç nuqta bölar edi».