Sun Yatsen nomidagi universitetning xitoylik olimlari AQŞdagi hamkasblari bilan birgalikda Şimoliy yarimşar iqlimi taşvişli darajada özgarib borayotganini aniqladi. Ma’lum bölişiça, sönggi ön yillikda Yer sayyorasining uşbu qismida issiqlik tölqinlari kuçayib, köproq kuzatilmoqda va bu sezilarli darajada iqtisodiy yöqotişlarga olib kelmoqda. Tadqiqot natijalari Nature Communications ilmiy jurnalida çop etildi.
Olimlar jamoasining aniqlaşiça, 1970 yillar oxiridan beri Şimoliy yarimşarda El-Nino/Janubiy tebraniş tabiiy hodisasi va yozgi sirkumglobal telealoqa örtasidagi aloqa özgargan. Okean yuzasining isiş va soviş fazalarini öz içiga olgan El-Nino hamda La-Ninya butun dunyodagi iqlimning özgarişiga sezilarli darajada ta’sir körsatmoqda.
1980 yillarga qadar El-Nino/Janubiy Tebraniş yozgi hind mussonlariga bilvosita ta’sir körsatgan, ammo keyin aloqa kuçsizlangan, natijada uşbu mintaqalarda iqlim markazlarining siljişi, issiqlik tölqinlarining kuçayişi va qurğoqçilik yuzaga kelgan.
Olimlar qayta tahlil qiliş, jumladan, dengiz yuzasi harorati, yoğingarçilik, şamol va geopotensial balandlik ma’lumotlaridan foydalangan, şuningdek, Community Earth System modelidan foydalangan holda raqamli tajribalar ötkazgan.
Ular sirkumglobal telealoqa şakllantiruvçi Rossbi tölqinlari 1970 yillar oxiridan boşlab yarim tölqin uzunligiga siljiganini aniqlagan. Uşbu özgariş antropogen ta’sirlar bilan emas, balki iqlimning tabiiy özgaruvçanligiga boğliq.
Tadqiqot, şuningdek, Tinç okeanining ekvatorial qismidagi dengiz yuzasi harorati ğarb tomon siljigani, bu esa okeanning tropik ğarbiy qismidagi yonğingarçilik va atmosfera sirkulyatsiyasiga ta’sir körsatganini aniqlagan. Bu öz navbatida iqlim markazlarining aralaşib ketişiga va Şimoliy yarimşarning örta kengliklarida ekstremal ob-havo hodisalarining kuçayişiga sabab bölgan.
Olimlarning hisoblaşiça, ularning ilmiy işi El-Nino/Janubiy tebranişga boğliq issiqlik tölqinlari va qurğoqçilikning mavsumiy prognozlarini yaxşilaşga, şuningdek, bölajak iqlim özgarişlarini oldidan başorat qiluvçi modellar aniqligini oşirişga yordam beradi.












