Xususan, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi ustavi, taşkiliy tuzilmasi va rahbariyati tasdiqlanib, jamiyat davlat röyxatidan ötkazildi. Xududlarda kompaniyaning 10 ta Loyiha ofislari taşkil qilindi.
Şuningdek, 6 ta ixtisoslaşgan kompaniyalarning ustavi, taşkiliy tuzilmasi va rahbarlari tasdiqlanib, davlat röyxatidan ötkazildi.
Hozirda ixtisoslaşgan kompaniyalarni tijorat banklariga işonçli boşqaruvga beriş böyiça hujjat loyihalari işlab çiqilgan.

“Biznesni rivojlantiriş banki” ATB Boşqaruvi raisi yangi tuzilgan Tomorqa yer egalari va dehqon xöjaliklari faoliyatini rivojlantiriş va qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişni kengaytiriş böyiça Kengaşning ham raisi etib tasdiqlandi. Şundan kelib çiqib bankning markaziy idorasida Tomorqa biznesini rivojlantiriş departamenti va hududlarda tegişli bölim va şu’balar taşkil etilib, malakali xodimlar jalb etildi.

Kuni keça “Yangiyöl Agro star” MÇJga qamrab olinadigan tuman sifatida biriktirilgan Asaka tumanida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kengaş va “Uzagrostar xolding” kompaniyasi rahbariyati iştirokida amaliy muloqotlar ötkazildi.
Xususan, Osiyo taraqqiyot bankining Özbekistondagi vakolatxonasi qişloq xöjaligi va tabiat resurslari masalalari böyiça katta iqtisodçisi Leonard Leung, xalqaro ekspert-agronomlar - Marina Stankoviç (Serbiya), Çingiz Yalçin (Turkiya) bilan uçraşuv bölib ötdi. Muloqot yakunida hududlarda mazkur xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda işlaş böyiça kelişuvga erişildi.

Joriy yil 24 fevral kuni Kengaş a’zolari hamda Qişloq xöjaligi vazirligi hamkorligida “Qişloq xöjaligidagi bilim va innovatsiyalar markazi”da qişloq xöjaligi vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari tomonidan aholi tomorqalari va ijara yer maydonlarida “Xonadonbay” usulida amalga oşirilayotgan loyihalar yuzasidan taqdimot ötkazildi. Tadbir davomida respublikadagi yetakçi olim va agronomlarni tanlab olingan yönalişlarga biriktirişga kelişib olindi.

Joylarda belgilangan vazifalar böyiça olib borilayotgan işlarni tizimli taşkil etiş maqsadida “Uzagrostar xolding” kompaniyasida ixtisoslaşuvdan kelib çiqqan holda tegişli tijorat banklari mutaxassislaridan iborat doimiy işlovçi Guruh faoliyati yölga qöyildi.






