3-5 fevral kunlari Tomorqa yer egalari va dehqon xöjaliklari faoliyatini rivojlantiriş hamda qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişni kengaytiriş böyiça kengaş raisi S. Annakliçev, “Turonbank” ATB raisi Ç. Mirzayev, “Uzagrostar Xolding” direktori F. Muhiddinov hamda “Bulunğur – Agro Star” direktori M. Bozorboyev iştirokida Misrga xizmat safari taşkil etildi.

Özbekiston delegatsiyasi mamlakatimizning Qohiradagi elçisi Mansur Qiliçev bilan birgalikda Misrda qişloq xöjaligi yönalişida amalga oşirilayotgan yirik loyihalar bilan tanişdi, tizimli va doimiy hamkorlikni yölga qöyiş borasida bir neçta manfaatli hujjatlar imzolandi.

Dastlab, “EFC Plans Tissue Culture S.A.E.” kompaniyasi ijroçi direktori M. Salama bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga köra, Özbekistonda kartoşka uruğçiligi va mahsulot yetiştirişni rivojlantiriş böyiça turli yönalişlarda hamkorlik qiliş nazarda tutilgan.

Keyingi bosqiçda “Bulunğur Agro-Star” ixtisoslaşgan kompaniyasi, “EFC Plans Tissue Culture S.A.E.” kompaniyasi, Özbekistonning Misrdagi elçixonasi hamda Misr Qişloq xöjaligi vazirligi örtasida kartoşka mini-tuganaklarini yetkazib beriş va yetiştiriş böyiça Özaro hamkorlik şartnomasi imzolandi.

Mazkur hujjatga muvofiq, Misr kompaniyasi “Hermes” navli G0 avlodiga mansub 250 ming dona kartoşka mini-tuganaklarini Özbekistonga olib keladi.

Şuningdek, loyihaga mas’ul sifatida Misr kompaniyasining ilğor mutaxassislari Özbekistonga yuboriladi. Ular Samarqandda uruğ yetiştiriş, yer tayyorlaş, ekiş va hosilni yiğiş jarayonlarida bevosita iştirok etib, öz taklif va tavsiyalarini berib boradi. Şuningdek, suğoriş va öğitlaş dasturlarini işlab çiqadi.

Ma’lumot uçun, G0 avlodi — laboratoriya şaroitida viruslardan xoli holda yetiştiriladigan eng toza uruğ avlodi hisoblanadi.

Misr qişloq xöjaligi tadqiqotlari markazi direktori A. Abdelazeyem bilan özaro anglaşuv memorandumi ham imzolandi.

U quyidagi yönalişlarda hamkorlikni közda tutadi: