Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Yevropa sammitida hamkorlari bilan Ukraina böyiça «xavfsizlik kafolatlari va adolatli tinçlik şartlari»ni muhokama qilganini aytdi. Zelenskiy tegişli xabarni 2 mart, yakşanba kuni özining Telegram-kanalida joylaştirdi.
«Biz yaqin kelajakda bir qator muhim uçraşuvlar va qarorlar tayyorlayapmiz», — dedi u.
AQŞ bilan hamkorlik uçun asos tayyorlaş
«Biz barçamiz Yevropada çinakam tinçlik va kafolatlangan xavfsizlik yölida Amerika bilan hamkorlik qiliş uçun işonçli asos yaratiş böyiça birga işlayapmiz», — deya qöşimça qildi Ukraina rahbari.
Zelenskiyning sözlariga köra, «Yevropa birligi juda yuqori darajada, bu uzoq vaqtdan beri kuzatilmagan».
Ayni paytda Boltiqböyi mamlakatlari sammitga taklif qilinmagan. Ular buni heç qanday tarzda oçiq tanqid qilişmadi. Biroq, Litva prezidenti maslahatçisi Asta Skaisgiryte-Lyauşkene «bizni Londonga taklif qilişmaganidan norozimiz» deb aytdi, deya xabar beradi AP agentligi.
«Ukrainada barqaror va kafolatlangan tinçlik örnatiş yölidagi sa’y-harakatlari uçun barça döstlarimiz va hamkorlarimizdan minnatdorman», — deya xulosa qildi Volodimir Zelenskiy.








