Energetika vazirligiga hukumat bilan kelişgan holda, havo haroratidan kelib çiqib, bazaviy me’yorlarning isitiş va boşqa mavsumlardagi amal qiliş muddatlariga özgartiriş kiritiş vakolati berildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori (.pdf) qabul qilindi.
Qayd etilişça, Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minot” AJ bazaviy me’yorlarning amal qiliş muddatlariga kiritilgan özgartirişlar töğrisida özining rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib boradi.
2024 yil 1 maydan boşlab maişiy iste’molçilar (aholi xonadonlari) uçun elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanişda ijtimoiy (bazaviy) me’yorlar kiritilgan edi.
Jumladan,
- elektr energiyasi – oyiga 200 kWh'gaça;
- tabiiy gaz (mart–oktyabr oylarida) – oyiga 100 kub metrgaça;
- tabiiy gaz (noyabr–fevral oylarida) – oyiga 500 kub metrgaça.
Geografik va iqlim şaroitlarini inobatga olgan holda, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida isitiş mavsumi respublikaning boşqa hududlaridan farqli ravişda oktyabr–fevral oylari deb belgilangan. Ijtimoiy me’yor doirasida aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz imtiyozli narxlarda yetkazib beriladi.
2025 yil 1 mart kuni tabiiy gaz uçun isitiş mavsumida belgilangan 500 kub metrlik bazaviy me’yor Energetika vazirligi tomonidan 1 aprelga qadar uzaytirildi. Bunga havo haroratining me’yordan past bölişi bilan izoh berildi. Oldin bunday vakolat faqat Vazirlar Mahkamasida bor edi.












