Iqtisodçilar Surjit Bhalla va Karan Basin tomonidan ötkazilgan tadqiqotlarga köra, 2024-2025 yillardagi sörovnomalar natijalari şuni körsatadiki, Hindistonda xalqaro kambağallik çegarasi – kuniga $2,15 (xarid qobiliyati pariteti böyiça) darajasidan past yaşovçi aholining uluşi atigi 1 foizni taşkil qiladi. Bu esa 1990-yillardagi holatdan keskin farq qiladi, öşa paytda aholining deyarli 50 foizi kambağallik çiziğidan pastda edi.

Eng ajablanarli jihati şundaki, Hindiston bu natijaga aholining 40 foizi hali ham qişloq xöjaligida band bölişiga qaramay erişgan.

Xitoydagi kabi sanoatlaşuv bilan soliştirganda, Hindiston öz aholisini fabrikalarga jalb qiliş örniga, qişloqda turib ham daromadini oşirişiga zamin yaratdi. Ya’ni, dehqonçilikni yaxşilaş, qişloqda iş haqlarini oşiriş va davlat tomonidan amalga oşirilgan qöllab-quvvatlaş dasturlari millionlab odamlarni kambağallikdan çiqardi.

San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti tadqiqotçilari olib borgan tahlil şuni körsatdiki, Xitoyda qaşşoqlikdan çiqib ketganlarning 37 foizi qişloq xöjaligidan sanoat yoki xizmat körsatiş sohalariga ötgan bölsa, Hindistonda bu körsatkiç atigi 10 foizni taşkil qiladi. Bu esa şundan dalolat beradi: qişloqda turib ham iqtisodiy taraqqiyotga erişiş mumkin ekan.

Şuningdek, iqtisodçilar Hindistonda yangi kambağallik mezonlari joriy etilişi kerakligini ta’kidlamoqda. Hozirgi xalqaro kambağallik çegarasi ($2,15) deyarli barçani qamrab olgani uçun, bundan keyingi rivojlanişni töğri baholaş qiyin böladi. Şu sababli, tadqiqotçilar aholining daromadlari böyiça eng quyi qatlamdagi 25-30 foizini qamrab oluvçi kambağallikning yangi çegarasini aniqlaşni taklif qilmoqda.

Çunki har qança daromad oşgani bilan, köpçilik hali ham moliyaviy beqarorlik muammosiga duç kelmoqda. Masalan, tibbiy xizmat xarajatlari, ta’lim uçun sarflanadigan mablağ yoki uy-joy sotib oliş xarajatlari köpçilik uçun oğirlik qiladi.

Hindiston tajribasi şuni körsatadiki, iqtisodiy taraqqiyotning yagona töğri yöli yöq. Bu paytgaça sanoatlaşuv va migratsiya asosiy vosita sifatida körilgan bölsa, endilikda qişloqdagi iqtisodiy ösiş ham samarali bölişi mumkinligi oydinlaşdi. Hindistonda millionlab odamlar qişloqda qolgan holda kambağallikdan çiqişga muvaffaq böldi.

Bu esa boşqa rivojlanayotgan davlatlar uçun katta ibrat bölişi mumkin. Kambağallikka qarşi kuraşda faqat zavodlar quriş emas, balki mavjud resurslardan samarali foydalaniş, qişloq infratuzilmasini rivojlantiriş va qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş ham muhim ekani tasdiqlanmoqda.