Toşkent şahridagi 9 yoşli öquvçiga şilqimlik qilgan 24 yoşli erkak ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanişdi.
Sud hujjatida keltirilişiça, holat 2025 yil 16 fevral kuni soat 13:30 da Yakkasaroy tumanidagi rassomçilik tögaragi maktabida sodir bölgan. Tögarak öqituvçisi D.M. voyaga yetmagan qizning yelkalarini uşlab, uqalab, qöllarini uşlagan holda quçoqlagan hamda unga şahvoniy şilqimlik qilgan.
Sud majlisida D.M. aybiga töliq iqrorlik bildirgan. U öquvçisini topşiriqlarni bajarib, yaxşi natija körsatgani uçun quçoqlaganini aytgan hamda bu kabi holat boşqa takrorlanmasligini bildirib, suddan öziga nisbatan yengillik berişni söragan.
Jabrlanuvçining qonuniy vakili T.B. sudda 16 fevral kuni qizi uyga kelib, öqituvçisi D.M. dars vaqtida şilqimlik qilganini hamda uni quçoqlab olganini aytgan. Şundan söng T.B. IIBga ariza bilan murojaat qilib, D.M.ga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Sud D.M. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (şahvoniy şilqimlik) huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topdi. Unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Bolalar ombudsmanining Kun.uz’ga bildirişiça, mazkur holatda qabul qilingan sud qarori bola huquqlarini ta’minlaş nuqtai nazaridan örganilgan. Ayni paytda mazkur qaror bolaning manfaatiga muvofiq emasligi yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasiga sud qarori ustidan apellyatsiya tartibida protest kiritiş haqidagi iltimosnoma yuborilgan.








