Şimoliy Koreya özining birinçi uzoq masofali radiolokatsion aniqlaş samolyotini yiğiş ustidagi işlarni yaqinlaşga tayyor turibdi. Bu haqda KXDRni örganiş bilan şuğullanuvçi 38 North xabar berdi.
Naşr Pxenyandagi Sunan aeroportining Airbus kompaniyasiga tegişli Pleiades Neo sun’iy yöldoş tizimlari yordamida olingan suratlarini e’lon qildi. Suratda fyuzelyajning yuqori qismiga örnatilgan radiolokatsion stansiya antennalariga ega «Il-76» samolyotini köriş mumkin.
Suratlarda közga taşlangan oq uçburçakni Xitoyning radiolokatsion razvedka samolyotlarida uçratiş mumkin. «Uçburçak işonçi dalil böla olmasa-da, bu Xitoy tomonidan körsatilayotgan qöllab-quvvatlov yoki ta’sirni körsatişi mumkin», — deyiladi xabarda.
Naşr KXDRda birinçi razvedkaçi samolyotning paydo bölişini «uzoq yillardan beri yangi havo kemasini olmagan harbiy-havo kuçlari uçun muhim yangilaniş» deb atadi.
Şimoliy Koreya özining birinçi razvedka samolyoti uçun asos sifatida Air Koryo aviakompaniyasi yuk taşişda foydalangan «Il-76»ni olgan. Samolyot 2023 yil oktyabrda texnik xizmat körsatiş markaziga ötkazilgan, şuningdek, keyin fyuzelyajning yuqori qismini qayta jihozlaş boşlangandi.
Seuldago Korea Defence Study Forum tahliliy markazi rahbari Çon Çon Ukning ma’lum qilişiça, razvedkaçi samolyot KXDRga havo kemalarini aniqlaş va ularning harakatini kuzatiş, boşqa harbiy obektlarni topiş va olingan ma’lumotlarni yerdagi markazlarga uzatiş imkonini beradi.
Ekspertning sözlariga köra, KXDRga Janubiy Koreyani kun-u tun kuzatiş uçun kamida törtta razvedkaçi samolyot kerak böladi. Çon Çan Ukning qöşimça qilişiça, Janubiy Koreyada bu turdagi samolyotlardan törtta bor va ular yana törtta sotib olişni rejalaştirmoqda.
Şimoliy Koreya 2023 yil noyabrda özining birinçi «Manrigyon-1» razvedka sun’iy yöldoşi orbitaga muvaffaqiyatli uçirilganini e’lon qilgandi. Pxenyan bayonotiga köra, u Amerika va Janubiy Koreya qöşinlarining harakatini kuzatişga möljallangan. KXDRning qayd etişiça, sun’iy yöldoş Oq uy, Pentagon va AQŞdagi boşqa qator harbiy obektlarni suratga olgan. Şu bilan birga, ekspertlar razvedkaçi samolyot imkoniyatlariga şubha bilan qaramoqda.












