Özgidromet xizmati agentligi 6–11 mart kunlari Özbekistonning 6 ta viloyatida qor köçişi xavfini e’lon qildi.
Xususan, kutilayotgan yoğingarçilik hamda havo haroratining özgarişlari sababli respublikaning toğli va quyidagi hududlarida qor köçiş xavfi e’lon qilinadi:
- Qaşqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamaşi, Şahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqörğon,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qöşrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toşkent viloyati: Böstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Çotqol tizmasining toğlari);
- Namangan viloyati Pop tumanida qor köçiş xavfi e’lon qilinadi.
Toğli hududlarda yaşovçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini körişlari söraldi.











