Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida dahşatli jinoyatga qöl urgan erkak jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Zamon dasturida xabar berildi.

Maʼlum qilinişiça, sudlanuvçi H.Q. 2026-yil 7-iyun kuni tongda mast holatda turmuş örtoği yaşab kelgan xonadonga borgan. Uy eşigini özida bölgan kalit bilan oçib, içkariga kirgan.

Erkak 24 yoşli turmuş örtoğini raşk tufayli öldirişni maqsad qilgan. U şu kuni soat 7:30 larda xonadon mehmonxonasida turmuş örtoğining boşiga urib, böğib, qasddan öldirgan.

Janjal ovozidan uyğongan, 2023-yilda tuğilgan qizaloq ham otasining zöravonligiga duç kelgan. H.Q. qizini körib, uni xonadon yotoqxonasiga olib kirgan. Söngra qizaloqqa zörlik işlatgan holda öz jinsiy ehtiyojini ğayritabiiy usulda qondirgan.

Şundan keyin H.Q. jinoyatni yaşiriş maqsadida qizaloqning murdasini qora rangli sport sumkasiga joylab, otasi yaşab kelgan uyga olib borgan hamda hojatxonaga taşlab yuborgan.

28 yoşli sudlanuvçi aybiga iqror bölmagan. “Qizim bölgan, farzandim bölgan. Qanday men qilgan bölişim mumkin? Farzandlarimni, oilamni yaxşi körganman”, degan u.

Erkak ayblovlarni inkor qilsa-da, iş materiallari, guvohlar körsatmalari va aşyoviy dalillar jinoyatda uning qöli borligini körsatgan.

JIB Yangiyöl şahar sudi H.Q.ni turmuş örtoği va qizining ölimida aybli deb topgan. Sud hukmi bilan unga uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni maxsus tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan.

Avvalroq Ğuzorda ayol va uning 4 bolasini yoqib yuborgan erkak umrbod qamalgandi.