Taksi haydovçilari özini özi band qilgan şaxs sifatida işlaşda davom etişlari mumkin, deya ma’lum qildi Soliq qömitasi matbuot xizmati.
27 fevraldagi prezident qaroriga muvofiq, yengil avtotransport vositalarida yölovçilarni şahar, şahar atrofi va şaharlararo taşiş faoliyati özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat turlari röyxatiga kiritiladi. Buning uçun litsenziya varaqasi talab etiladi.
Bundan avval özini özi band qilgan şaxslar sifatida yölovçi taşişga 2025 yil 1 yanvargaça ruxsat berilgandi (Soliq mobil ilovasida özini özini band qilgan şaxs sifatida bepul röyxatdan ötiş mumkin).
Soliq qömitasining tuşuntirişiça, özini özi band qilgan şaxslarning soliq davri (yil) davomida mehnat faoliyati natijasida yoki tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan 100 million sömgaça bölgan daromadlariga soliq solinmaydi. Bunda yil tugaşi bilan yangi yil boşidan daromadlar qaytadan hisoblanadi.
Soliq davrida daromadlari 100 mln sömdan oşganda yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun belgilangan tartib asosida (Soliq kodeksi 369-moddasi) soliqqa tortiladi.
“Misol uçun, 2024 yilda daromadlari 100 mln sömdan oşmagan yoki oşgan taqdirda ham 2025 yilda hisob-kitob “nol”dan boşlanib, ularning 100 mln sömgaça bölgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.
Şuningdek, taksi faoliyati bilan band bölganlarga sodda va qulay bölişi uçun daromadi 100 million sömdan oşganda (lekin 1 milliard sömgaça) ular uçun soliqni soliq agentlari (taksi agregatori) tölov manbaida avtomatik hisoblaş va budjetga ötkaziş yuzasidan tegişli takliflar işlab çiqilgan. Mazkur taklif qabul qilinib, qonunçilikka kirilganida uşbu tartib asosida soliqqa tortiş tizimi joriy etiladi”, – deya ma’lum qildi Soliq qömitasi.
Ma’lumot uçun, 2025 yil 1 fevral holatiga 736 ming nafar özini özi band qilgan şaxslar yölovçi taşiş bilan şuğullanadi.








