Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞ Kiyevga harbiy yordamni töxtatganidan keyin Oq uyda Tramp bilan yuz bergan mojaroga izoh berdi.
«Juma kuni Oq uyda Tramp bilan uçraşuvimiz kutilganidek ötmadi. Şunday bölgani afsuslanarli. Endi hammasini tuzatiş vaqti keldi», deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda.
«Men va jamoam prezident Trampning qudratli rahbarligida mustahkam tinçlikka erişiş uçun işlaşga tayyormiz. Kiyev foydali qazilmalar böyiça kelişuvni istalgan vaqtda va istalgan qulay formatda imzolaşga tayyor», deb ta’kidladi Ukraina rahbari.
Şuningdek, Zelenskiy uruşni tugatiş şartlarini sanab ötdi.
«Biz uruşni tugatiş uçun tezkor harakat qilişga tayyormiz va birinçi qadamlar asirlarni ozod qiliş va osmonda tinçlikka erişiş – raketalar, uzoq masofaga uçuvçi dronlar, samolyotlar, energetika va boşqa fuqarolik infratuzilmalariga hujumlarni taqiqlaş va agar Rossiya ham şunday qilsa, dengizda zudlik bilan öt oçişni töxtatiş bölişi mumkin», dedi Ukraina prezidenti.
«Söngra biz keyingi barça qadamlarni juda tez bosib ötmoqçimiz va Qöşma Ştatlar bilan kuçli yakuniy kelişuv böyiça muzokaralar olib bormoqçimiz. Biz Amerika Ukrainaga öz suvereniteti va mustaqilligini saqlab qoliş uçun bergan yordamini juda qadrlaymiz. Va biz hamma narsa özgargan lahzani eslaymiz: prezident Tramp Ukrainaga Javelin tankka qarşi qurollarni taqdim etgan vaqtni. Buning uçun minnatdormiz», deb yakunladi Zelenskiy.
Şu bilan birga, Ukraina prezidenti AQŞ prezidenti ma’muriyati undan talab qilganidek, Tramp bilan bölgan mojaro uçun uzr söramadi.









