Hududlarni sektorlarga bölib boşqariş tugatilmoqda, korrupsiyaning ildiziga aylanayotgan haşamat, davlat xizmatçilari daromadini deklaratsiyalaşga oid qonun taqdiri va tezlik çeklovlaridagi xatolik oşirilişi — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Hududlarda sektor tizimi tugatildi
Prezident hududlarni sektorlarga bölib boşqariş tizimini bekor qildi. Bu tizim 2016 yilda joriy etilib, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilişda muhim rol öynagan.
Biroq sönggi yillarda prokuror, içki işlar va soliq idoralari rahbarlari sektor tizimini bahona qilib, sohalardagi asosiy işlarni susaytirgani tanqid qilindi.
Tumanlarda profilaktika inspektorlari iş boşlagan, ammo içki işlar bölimlari yangi tizimda samarali iş olib bormayotgani ta’kidlandi. Soliq idoralari mahallalarda faoliyat yuritgan bölsa-da, yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşda jiddiy kamçiliklar aniqlandi.
Bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuratura, içki işlar va soliq idoralari emas, boş vazir örinbosarlari şuğullanadi.
Prezident jinoyatçilikka qarşi çoralar kuçaytirilişini ta’kidlab, hududiy xavfsizlikni ta’minlaşda hokimlar şaxsan mas’ul ekanini bildirdi. Şuningdek, vazir va hokimlar lavozimga tayinlanişdan oldin korrupsiyaga qarşi kuraşiş rejasini parlament va mahalliy kengaşlarda himoya qilişi talab etiladi.
«Ortiqça haşamat — korrupsiya ildizi»
Prezident amaldorlarning haşamatga intilişini korrupsiyaning ildizi deb atadi va bu borada jiddiy çoralar köriş zarurligini ta’kidladi.
U 5 mart kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi yiğilişida rahbarlardan kamtarlik namunasi bölişni talab qildi.
Prezident fikriga köra, korrupsiyaga qarşi kuraşni yoş avlod ongiga halollikni singdirişdan boşlaş kerak. Maktab va oliygohlarda yoşlarni halollik va adolat ruhida tarbiyalaş zarurligi qayd etildi. Şuningdek, nodavlat taşkilotlar korrupsiyaga qarşi monitoring işlariga jalb qilinadi.
Hukumat bu maqsadda har yili 10 milliard söm ajratişni rejalaştirmoqda. Prezident rahbarlar va jamoatçilikni korrupsiyaga qarşi kuraşda faol bölişga çaqirdi.
Amaldorlarning daromadi qaçon deklaratsiyalanadi?
Prezident davlat xizmatçilari daromadini deklaratsiyalaşga oid qonunni qabul qiliş vaqti kelganini ma’lum qildi. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça yiğilişda uşbu qonun loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöyiş va 1 aprelgaça parlamentga kiritiş topşirildi.
Şuningdek, noqonuniy boylik orttiriş uçun javobgarlikni kuçaytiriş taklif qilindi. Davlat xizmatçilari öz mol-mulkining qonuniy manbasini isbotlaşi şart böladi. Milliy kengaş va parlament korrupsiyaga qarşi xalqaro andozalarga mos takliflar tayyorlaşi zarur.
Prezident kadrlarni tanlaşda bilim va natijalarni asosiy mezon etib belgilaş kerakligini ta’kidladi. Şuningdek, korrupsiyaga qarşi profilaktika, foş etilgan jinoyatlar uçun rağbatlantiriş mexanizmlarini qamrab olgan yangi qonun işlab çiqiladi.
Toşkent viloyatiga yangi prokuror, poytaxt IIBBga yangi rahbar tayinlandi
Toşkent viloyati prokurori lavozimiga adliya katta maslahatçisi Azamat Mirzayev tayinlandi.
U 2023 yil noyabridan buyon Navoiy viloyati prokurori lavozimida işlab kelgan. Viloyat prokurori lavozimi sönggi yarim yildan beri böş edi, uning vazifalarini birinçi örinbosar Abduqahhor Mullajonov bajarib kelgan.
Şuningdek, Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Polkovnik Ravşan Sultonxöjayev Içki işlar vazirining buyruği bilan IIBB boşliği lavozimiga tayinlandi.
U avval Xorazm viloyati IIB boşliği hamda 2021 yilda Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari lavozimlarida işlagan.
Yöl tezligi çeklovlaridagi xatolik miqdori oşiriladimi?
Özbekistonda transport vositalari tezligini qayd etişdagi xatolik miqdorini +5 km/h dan +10 km/hʼgaça oşiriş taklif qilinmoqda.
Agar bu loyiha qabul qilinsa, haydovçilar tezlik 60 km/h bilan çegaralangan şahar hududlarida soatiga 70 km tezlikda harakatlanişi mumkin böladi.
Boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov imzolagan hujjatga köra, bu boradagi normativ hujjat tayyorlangan. Şuningdek, yöl çiziqlariga oid qoidabuzarliklar aniqlanadigan hududlar Şaharsozlik me’yorlari va qoidalari hamda Davlat standartlari talablariga mos kelişi kerakligi belgilandi.
Loyihaga köra, 2025 yil 1 mayga qadar Içki işlar vazirligi barça foto va video qayd etiş tizimlarini rivojlantiriş, davlat standartlarini işlab çiqiş va barça qurilmalarni testdan ötkazişni öz içiga olgan reja tayyorlaşi közda tutilgan.











