Irlandiya hukumati xavfsizlik vazifalarini bajariş uçun maxsus kuçlarni xorijga jönatişga ruxsat beruvçi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda 5 mart, çorşanba kuni Irish Independent va The Irish Times naşri xabar berdi. Irlandiya Mudofaa vazirligi bayonotida aytilişiça, qonunçilikdagi özgarişlar «ayniqsa Irlandiya fuqarolarini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, elçixonalarimizni himoya qiliş va çet eldagi himoya vazifalarini bajariş uçun muhim».
Kiyevdagi Irlandiya elçixonasi xususiy kompaniya tomonidan qöriqlanadi
The Irish Times ta’kidlaganidek, Irlandiya mudofaa kuçlari tarkibidagi elita bölinmasi bölgan Army Ranger Wing (ARW)a’zolari 2022 yilda Irlandiya Kiyevda öz elçixonasini Rossiyaning mamlakatga keng kölamli bostirib kirişidan keyin qayta oçganida, Irlandiya rasmiylarini himoya qiliş uçun Ukrainaga jönatilişi kerak edi.
Biroq, Dublin hukumati Irlandiya qonunçiligida xavfsizlik maqsadida xorijda Irlandiya qöşinlarini joylaştirişga ruxsat beruvçi maxsus qoidalar yöqligini bildirgan yuridik xulosani oldi. Bu qonuniy tösiq mamlakat Taşqi işlar vazirligini Irlandiyaning Ukrainadagi elçisi Tereza Xilli va elçixonaning boşqa xodimlarini himoya qiliş uçun xususiy xavfsizlik kompaniyasini yollaşga majbur bölişiga olib keldi.












