Turkiyada 19 yoşli ikki nafar özbekistonlik qizni intim xizmatlar körsatişga majburlagan ayol uşlandi. Bu haqda Toşkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Olmaliq şahrida yaşovçi ikki qizga Turkiyadagi Şahnoza ismli tanişi ularni uşbu davlatga yuborişi, özi kutib olişi va yaxşi daromad topişlariga yordam berişini aytgan. Ayol ularni «yuz massaji» yönalişida iş borligi bilan işontirgan hamda Turkiyaga boriş uçun aviaçipta va boşqa moddiy xarajatlarni qoplab bergan.

19 yoşli ikki qiz 6 fevral kuni Toşkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaning Anqara şahriga, söng Konya viloyatiga yetib borgan. Ularni kutib olgan uç nafar şaxs (Turkiya va Özbekiston fuqarolari) şu zahotiyoq qizlarning pasportlarini olib qöygan.
Şundan söng ular intim xizmatlar körsatuvçi xonadonga olib borilib, qizlar erkaklarga intim xizmat körsatişga majburlangan. Qizlardan biri bunga rozi bölmagani uçun kaltaklangan va unga ruhiy hamda jismoniy tazyiq ötkazilgan. Ularni yopiq şaroitda saqlab, takroriy qarşilik körsatişsa, öldiriş bilan tahdid qilişgan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan 12 fevral kuni olingan ma’lumotga asosan Taşqi işlar vazirligi hamda Turkiya huquq-tartibot organlari bilan tezkor tadbirlar olib borilgan. Natijada 2005 yilda tuğilgan ikki qiz Özbekistonga qaytarilgan. Ular zudlik bilan reabilitatsiya markaziga joylaştirilgan.
Şuningdek, qizlarni aldab çaqirtirgan va ularni şahvoniy işlarga jalb qilgan şaxslar Turkiyada hibsga olingan. Xususan, 1987 yilda tuğilgan (Ş.J.) özbekistonlik ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda uşbu şaxsni Özbekistonga ekstraditsiya qiliş çoralari körilmoqda.








