Statistika faoliyatiga autsorsing quyidagi yo‘llar bilan joriy etiladi:

  • savdo, elektron tijorat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarning statistik ma’lumotlarni tarqatish bo‘yicha ishiga autsorsingni joriy etish orqali statistik nashrlarni foydalanuvchilarning keng doirasiga yetkazish;
  • norasmiy sektor, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati bo‘yicha pilot tanlanma kuzatuvlarni tashkil etish.

Hujjat bilan Rasmiy statistikani tayyorlovchilar (konsalting kompaniyalari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari) tomonidan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga statistika kuzatuvchilarini autsorsing shartlari asosida jalb etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • statistika kuzatuvlarini autsorsing shartlari asosida tashkil etish mexanizmi;
  • autsorsing xizmatlariga narx belgilash tartibi va autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi statistika kuzatuvchisini tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
  • statistika kuzatuvchisi va buyurtmachining huquq hamda majburiyatlari;
  • autsorsing xizmatini ko‘rsatish monitoringini yuritish jarayoni.

Autsorsing shartlari asosida statistika kuzatuvlarini o‘tkazishni rejalashtirayotgan arizachilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • shartnomalar tuzish huquqiga egalik;
  • shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan texnik, moddiy, kadrlar va boshqa resurslarning mavjudligi;
  • soliqlar bo‘yicha qarzdorliklarning yo‘qligi;
  • unga nisbatan bankrotlik tartibining mavjud emasligi;
  • vijdonsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilmagani.