Suriyaning Rossiya aviabazasi joylaşgan Lataqiya viloyatida xavfsizlik kuçlari va ağdarilgan prezident Başar Asad tarafdorlari örtasida şiddatli töqnaşuvlar yuz berdi.

Qarorgohi Londonda joylaşgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi (SOHR) ma’lumotlariga köra, janglarda kamida 70 kişi halok bölgan. Taşkilot ma’lumotida qayd etilişiça, bu dekabr oyida Asad hokimiyatdan ağdarilganidan beri eng qonli töqnaşuvlardir.

SOHR ma’lumotlariga köra, halok bölganlar orasida xavfsizlik xizmati xodimlari, Asadga sodiq jangçilar, şuningdek, tinç aholi vakillari bor.

«Sohil hududida mudofaa vazirligi, içki işlar vazirligi xodimlari va ağdarilgan rejim armiyasi jangarilari örtasidagi qonli töqnaşuvlarda 70 dan ortiq odam halok böldi, önlab odamlar yaralandi va asirga olindi», — deyiladi SOHR xabarida.

Suriyadagi Step axborot agentligi keltirgan boşqa ma’lumotlarga köra, hukumat qöşinlari «rejimning 70 ga yaqin sobiq jangarisi»ni öldirgan, 25 dan ortiği esa asirga olingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda köçalarda tinç aholi vakillari bölgan önlab kişilarning jasadlari yotgani aks etgan kadrlar tarqalmoqda.

Payşanba kuni Suriyaning Sana agentligi xabar berişiça, ağdarilgan prezident tarafdorlari Örta Yer dengizi sohilidagi Jyebla şahri hududidagi blokpostlardan biriga hujum qilgan.

Bu joy yaqinida Rossiyaning «Xmeymim» aviabazasi joylaşgan. Undan unça uzoq bölmagan Tartusda, şuningdek, boşqa hududlarda, jumladan, Homs va Halabda töqnaşuvlar yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi.

Lataqiya viloyatida komendantlik soati joriy etildi, mintaqaga Damaşqdan qöşimça kuçlar yuborilgan.

Damaşqda Asad tarafdorlarining harakatlariga qarşi norozilik namoyişi bölib ötdi

Suriya davlat naşrlari avvalroq ötiş davri hukumati mudofaa vazirligi vakili Hasan Ğanining Asad tarafdorlariga murojaatini tarqatgan edi.

«Minglab odamlar qurollarini taşlab, öz oilalariga qaytişga qaror qilişdi, ba’zilari qotillar va jinoyatçilarni himoya qilib, qoçişda va ölişda davom etmoqda. Tanlov aniq: qurolni taşlaş yoki muqarrar taqdirni qarşi oliş», — dedi u.

Lataqiyadagi xavfsizlik xizmati vakili Mustafo Kneyfati «yaxşi rejalaştirilgan va qasddan uyuştirilgan hujum» davomida bir neça guruh ularning pozitsiyalariga hujum qilgani, natijada «köplab harbiy xizmatçilar» halok bölgani va yaralanganini aytdi, ammo qurbonlar soniga aniqlik kiritilmadi.

«Biz mintaqada barqarorlikni tiklaymiz va odamlarimizning mol-mulkini himoya qilamiz», — deya uning sözlaridan iqtibos keltiradi AFP.

Lataqiya oblastida hokimiyatdan ağdarilgan prezident Başar Asad mansub bölgan alaviylarning katta jamoasi yaşaydi.

Alaviylarning vakillari mamlakatda hokimiyat almaşganidan beri, ayniqsa, qişloq joylarda ta’qibga uçrayotganidan şikoyat qilişgan.