Qozoğiston va Özbekiston çegarasida sanoat kooperatsiyasi markazi barpo etiladi.

"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga köra, Qozoğiston parlamenti majlisi deputatlari "Qozoğiston hukumati va Özbekiston hukumati örtasida "Markaziy Osiyo" sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazi faoliyatini tartibga soliş töğrisidagi bitimni ratifikatsiya qiliş haqida"gi qonun loyihasini ma’qulladi.

Qozoğiston savdo va integratsiya vaziri Arman Şaqqaliyev ta’kidiga köra, kelişuv Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi ikki tomonlama hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning 20-yiğilişi qarorini amalga oşiradi.

Markaz "Atameken" (Qozoğiston) va "Guliston" (Özbekiston) nazorat-ötkaziş punktlari yaqinida joylaşgan bölib, işlab çiqariş maydonlari, omborlar, şuningdek, transport infratuzilmasini öz içiga oladi. Bu yuk taşişni tezlaştiradi, logistika xarajatlarini kamaytiradi, yetkazib beriş zanjiri iştirokçilari sonini kamaytiradi, iste’molçilar uçun mahsulotning yakuniy tannarxini pasaytiradi, yetkazib beriş tezligini oşiradi va "Şimol-Janub" yölagi doirasida işlab çiqariş kooperatsiyasini rivojlantiradi.

Obektning umumiy maydoni 100 gektarni taşkil etadi, şundan 50 gektar Qozoğiston, 50 gektar Özbekiston qismidir. Muayyan hududga mintaqaviy sanoat zonasi maqomi beriladi.

"Kazinform" manbasida ta’kidlanişiça, markaz infratuzilmasi budjetdan taşqari mablağlar hisobidan barpo etiladi.