«Navoiyazot»dagi portlaş, «inomarka»lardan voz keçayotgan amaldorlar, prezidentning Fransiyaga taşrifi va ovoz beriş boşlangan «Open budjet»ning yangi mavsumi — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

«Navoiyazot»dagi portlaş: bir kişi halok böldi

«Navoiyazot» AJda röy bergan portlaşda bir kişi qurbon bölgan 11 kişi jarohatlangan. FVV hozirda jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam körsatilayotganini ma’lum qildi.

Voqea 11 mart kuni soat 14:10 da «Navoiyazot» AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralaşmasining portlaşi tufayli röy bergan. Portlaş natijasida yonğin kelib çiqqan.

Hodisa joyiga 10 ta yonğin-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Hozirda yonğinni bartaraf etiş işlari olib borilayotgani bildirildi. Voqea joyiga viloyat FVB boşliği, IIB, SSB, prokuratura xodimlari çiqişgan. Yonğin-qutqaruv ekipajlari tomonidan yonğin soat 14:20 da qurşab olinib, 14:50 da batamom öçirilgan.

«Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro halok bölgan va 11 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam körsatilmoqda. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari amalga oşirilmoqda», deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.

Amaldorlar “mahalliy” avtomobillariga ötmoqda

Prezident topşiriğidan keyin, boş vazir Abdulla Aripov Mercedes-Benz rusumli xizmat avtomobilidan Chevrolet Malibu'ga ötgan. Parlament palatalari rahbarlari Chevrolet Tahoeʼdan foydalana boşlagan.

Boş vazir matbuot kotibiga köra, Abdulla Aripov 7 mart kuni videoselektor yiğilişi ötkazib, barça amaldorlarga xorijiy xizmat maşinalaridan foydalanişni töxtatiş topşiriğini bergan. Amaldorlarning bu qoidani bir neça haftadan keyin joriy qiliş haqidagi taklifini boş vazir rad etgan.

Boş vazir örinbosarlari ham Malibuʼdan foydalanişga ötgan. Viloyatlar hokimlariga esa endilikda Tahoe, Traverse kabi avtomobillar xizmat körsatmoqda.

Şuningdek, Senat raisi Tanzila Norboyeva va Qonunçilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov ham Tahoeʼda yuribdi.

Qayd etiş lozim, yuqorida nomi tilga olingan avtomobillardan heç biri Özbekistonda işlab çiqarilmaydi, UzAuto Motors tomonidan import qilinadi.

Amaldorlar avval foydalangan «inomarka»lar esa E-auksion platformasi orqali sotuvga çiqarilişi kutilmoqda.

«Taşabbusli budjet»ga ovoz beriş boşlandi

Iqtisodiy va moliya vazirligi «Taşabbusli budjet»ning 2025 yilgi 1-mavsumi uçun ovoz beriş jarayonini boşladi. Fuqarolar 20 mart soat 23:59 ga qadar öz ovozlarini berişi mumkin.

Ovoz beriş «Oçiq budjet» portali, uning mobil ilovasi yoki Telegramʼdagi rasmiy bot orqali amalga oşiriladi. Loyihalar 1-20 fevral kunlari taqdim etilib, 11-20 mart kunlari ovoz yiğiladi. Ğoliblar 21 mart kuni — Navröz bayramida e’lon qilinadi.

Senat Kengaşi qaroriga köra, har yili tuman va şahar budjetidan kamida 10, köpi bilan 30 ta loyihaga mablağ ajratilişi belgilangan.

Çegarada navbatsiz ötiş uçun tölov

2025 yil 1 maydan boşlab Özbekiston çegara bojxona postlarida pulli «Fast-truck» xizmati joriy etiladi. Undan foydalaniş uçun BHMning 15 foizi — 56 ming söm miqdorida tölov tölaş kerak böladi.

Bojxona qömitasiga köra, bu xizmat biznes va taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari uçun ixtiyoriy ravişda taklif etiladi. Ayrim toifadagi şaxslar, xususan, aqliy yoki jismoniy imkoniyati çeklanganlar, bepul ötiş imkoniyatiga ega böladi.

Şuningdek, Singapur tajribasiga asoslangan holda bojxona tizimida sun’iy intellekt joriy etilmoqda. Bu deklaratsiya jarayonlarini tezlaştiriş, inson omilini kamaytiriş va biznes uçun vaqtni tejaşga xizmat qiladi.

Mirziyoyevning Fransiyaga davlat taşrifi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 11-13 mart kunlari Fransiyaga davlat taşrifi bilan boradi. Parijda u Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaralar ötkazib, rasmiy va işbilarmon doira vakillari bilan uçraşadi.

Taşrif davomida Özbekiston—Fransiya munosabatlarini mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş va yirik fransuz kompaniyalari bilan qöşma loyihalarni muhokama qiliş rejalaştirilgan. Sammit yakunida hukumatlararo bitimlar imzolanadi.

Davlat rahbari YuNeSKO Boş direktori Odri Azule bilan ham uçraşib, joriy yilning kuzida Samarqandda ötadigan Boş konferensiyaga tayyorgarlik masalalarini muhokama qiladi.