Polşalik çegaraçilar inson organlari savdosi bilan şuğullangan jinoiy guruhning 35 yoşli ukrainalik a’zosini qölga oldi.

Qayd etilişiça, Qozoğistonda uşbu ayol sirtdan 12 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan. Ayblov versiyasiga köra, u «qora bozor»da 56 dona inson buyragining sotilişini taşkillaştirgan.

Polşaning Pşemisl şahri prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, ayol 6 mart kuni Interpol söroviga köra Polşa va Ukraina örtasidagi temiryöl kesişmasida uşlangan. Qölga olingan ayol 2020 yil noyabrdan beri qidiruvda bölgan.

Qozoğiston maxsus xizmatlari versiyasiga köra, ayol 2017 yildan 2019 yilga qadar jinoiy faoliyat bilan şuğullangan. Qozoğiston, Armaniston, Ozarboyjon, Ukraina, Qirğiziston, Tojikiston, Özbekiston, şuningdek, Tailand fuqarolari uning qurboni bölgan.

Prokuratura söroq qilib bölganidan keyin okrug sudiga ayolni ekstraditsiya qiliş uçun yetti sutkaga hibsga oliş böyiça iltimosnoma kiritgan.

Eslatib ötamiz, 2023 yilda Pokistonda badavlat mijozlarga transplantatsiya qiliş uçun odamlarning buyragini noqonuniy ravişda kesib olgan şifokor boşçiligidagi sakkiz kişidan iborat jinoiy guruh hibsga olingan edi.