Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi hamda «Zamin» xalqaro jamoat fondi tomonidan Toşkent şahrining Yaşnobod va Olmazor tumanlarida havoni monitoring qiluvçi 2 ta avtomatik stansiya örnatildi va işga tuşirildi.
Qayd qilinişiça, bu «Atmosfera havosi ifloslanişi monitoringini avtomatlaştiriş» loyihasi doirasida amalga oşirildi. Örnatilgan stansiyalar havo ifloslanişini yuqori darajadagi aniqlikda ölçaş böyiça patentlangan texnologiyalarga ega.

Ta’kidlanişiça, avtomatik stansiyalarni örnatiş joyini tanlaş turli omillarga boğliq. Ular orasida aholi ziç joylaşgan hududlar, asosiy yöllar va transport magistrallari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar muhim örin tutadi. Bu öz navbatida aholi turmuş sifatini yaxşilaş va atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça qarorlar qabul qiliş uçun aniq ma’lumotlar töplaş va ulardan samarali foydalaniş imkonini beradi.
Xabarga köra, Gidrometeorologiya agentligi xodimlari stansiyalardan kelayotgan ma’lumotlarni tahlil qiliş, şuningdek, uskunalar va dasturiy ta’minotdan foydalaniş böyiça muntazam ravişda öqitilmoqda.












