Strategik şerikka aylangan Fransiya, Mirziyoyevga “Faxriy legion” ordeni, Özbekistonda buzilib qolgan Rossiya samolyotlari va şilqim öqituvçiga 5 sutka qamoq — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Özbekiston va Fransiya strategik şeriklikni yölga qöydi

Fransiyaga davlat taşrifi bilan borgan Şavkat Mirziyoyev Emmanuel Makron bilan Parijda ötkazgan muzokaralar yakunida ikki mamlakat örtasida strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisida qaror qabul qildi.

Davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini kengaytiriş, Fransiyaning yetakçi kompaniyalari bilan qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildi. Ötgan yilda tovar ayirboşlaş hajmi ilk bor 1 milliard yevrodan oşgani, qöşma korxonalar soni esa 4 barobarga köpaygani qayd etildi.

Muzokaralar natijasida strategik şeriklik töğrisidagi deklaratsiya qabul qilindi. Şuningdek, mutaxassislar va talabalar harakatçanligi haqida hukumatlararo bitim imzolandi.

Şu bilan birga, ikki mamlakat örtasida 6,5 mlrd yevro qiymatidagi investitsiya va innovatsiya hamkorlik dasturi tasdiqlandi. Fransiya taraqqiyot agentligi bilan 2026-2030 yillarga möljallangan hamkorlik kelişuvi ham imzolandi.

Qolaversa, Özbekiston-Fransiya universiteti taşkil etiş töğrisidagi bitim, readmissiya kelişuvi, musiqa, kino va teatr sohalarida hamkorlik hamda Toşkent va Parij örtasida şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi bayonnoma ham imzolandi.

Mirziyoyev Fransiyaning oliy ordeni bilan mukofotlandi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Fransiyaning eng oliy mukofoti — Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi. Parijda bölib ötgan marosimda mukofotni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron şaxsan topşirdi.

Mirziyoyev uşbu mukofotga ikki mamlakat hamkorligini rivojlantiriş, xalqlar örtasida döstlik va özaro anglaşuvni mustahkamlaşdagi ulkan hissasi uçun sazovor böldi. Prezident Fransiya rahbariga samimiy minnatdorlik bildirib, sönggi yillarda ikki davlat örtasidagi munosabatlar strategik şeriklik darajasiga kötarilganini qayd etdi.

Faxriy legion ordeni 1802 yilda ta’sis etilgan bölib, Fransiyada eng yuqori davlat mukofoti hisoblanadi. U mamlakat va xalqaro darajadagi yuksak xizmatlar uçun beriladi.

Bakalavriatga qabul uçun test mezonlari tasdiqlandi

2025/2026 öquv yili uçun bakalavriatga qabul test sinovlari böyiça savollar soni va baholaş tartibi tasdiqlandi. Oliy ta’lim vazirligining buyruğiga köra, ötgan yilgi tartib saqlab qolindi.

Barça abituriyentlar uçun uçta fan majburiy: ona tili, matematika va Özbekiston tarixi böyiça 10 tadan savol topşirişlari kerak. Har bir töğri javob uçun 1.1 ball, jami 33 ball töplaş mumkin.

Şuningdek, bakalavriat yönalişiga mos ikki fan böyiça 60 ta savol beriladi. Birinçi fan uçun 3.1 ball, ikkinçi fan uçun 2.1 ball hisoblanadi. Bu 156 ballni taşkil etadi. Ijodiy imtihonlar uçun ham şunça ball ajratiladi.

Şu tariqa, abituriyentlar jami 90 savolga javob berib, 189 ball töplaşi mumkin.

 

 

Toşkentda öquvçiga şilqimlik qilgan öqituvçi qamaldi

Toşkentda maktab öqituvçisi 10-sinfda öqiydigan öquvçi qizni sinf xonasiga çaqirib, eşikni içkaridan qulflagan holda unga şilqimlik qilgani uçun 5 sutkaga qamaldi.

Sergeli tumanida sodir bölgan hodisada 36 yoşli öqituvçi öquvçini huquq faniga doir bahona bilan xonaga çaqirgan. Qiz kirganidan söng, u eşikni qulflab, uni quçoqlamoqçi bölgan.

Sud jarayonida öqituvçi aybini tan oldi va bunday harakatni qayta takrorlamaslikka va’da berdi. Sud uni Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasi asosida şahvoniy şilqimlikda aybdor deb topdi. Unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Bundan avval Jizzaxda ham öquvçiga nisbatan şilqimlik qilgan 64 yoşli jismoniy tarbiya öqituvçisi ustidan jinoiy iş qözğatilgan edi.

Rossiyaning ikki samolyoti Özbekistonda buzildi

Özbekistonda Rossiya aviakompaniyalariga tegişli ikki samolyot bilan favqulodda hodisalar sodir böldi.

Utair aviakompaniyasining Samarqand—Moskva yönalişidagi reysi dvigateldagi texnik nosozlik — pompaj sababli ortga qaytgan. Uçuvçilar parvoz davomida dvigatel quvvatini oşirişga besamar urinib körişgan, söngra kutiş hududida bir neçta aylanma parvozni amalga oşirgaç, samolyot Samarqand aeroportiga xavfsiz qöndirilgan.

Farğona aeroportida esa S7 Airlines’ning Boeing 737-800 samolyoti uçiş-qöniş yölagida qolib ketgan. Qönişdan keyin harakatlanayotganda samolyotning öng asosiy şassi ğildiragi çiqib ketgan. Ekipaj zudlik bilan samolyotni töxtatgan va muhandislarni çaqirgan.

Yölovçilar evakuatsiya qilinib, yuklari bilan birga terminalga yetkazilgan. Hozirda samolyot parvozdan çetlatilgan va texnik körikdan ötkazilmoqda.