«Open budjet» uçun pul yiğgan direktorga jazo, 9,5 yilga qamalgan haydovçi, bölaklab olib kirilgan samosval va sud jarayonlarida masofadan turib iştirok etiş — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Öqituvçilardan pul yiğişga uringan maktab direktori jazolandi
Farğona viloyati Quva tumanidagi maktablardan birining direktori öz qöl ostidagi öqituvçilardan majburiy ravişda pul yiğişga uringani uçun lavozimidan ozod etildi. U öqituvçilarning maoşidan «Taşabbusli budjet»da ovoz yiğiş maqsadida 700 ming sömdan uşlab qolmoqçi bölgan.
Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga köra, öqituvçilarni turli tadbirlarga majburiy jalb qiliş va maoşlaridan pul uşlab qoliş qat’iyan man etiladi. U mazkur holatni «eskiça fikrlaş» deb baholab, bunday holatlar bilan murosa qilinmasligini ta’kidladi.
«Taşabbusli budjet» loyihasi şaffoflik va fuqarolar iştiroki uçun joriy etilgani ta’kidlanib, uni majburiy ovoz yiğiş orqali buziş mumkin emasligi aytildi.
Surxondaryoda 3 kişini urib yuborgan haydovçi qamaldi
Yöl çetida töxtab benzin quyayotgan 3 kişini urib yuborgan Isuzu haydovçisi 9,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Sud hujjatlariga köra, u hodisa joyidan qoçib ketgan.
Hodisa 2024 yil 7 oktyabrda Boysun tumanida sodir bölgan. 59 yoşli haydovçi Isuzu yuk maşinasi bilan yöl çetida turgan Captiva va uning yonidagi odamlarni urib yuborgan. Oqibatda 3 kişi oğir tan jarohati olib, halok bölgan.
Haydovçi esa heç qanday yordam körsatmasdan, hodisa joyidan qoçib ketgan. Söngra u Jizzaxda qölga olingan.
Sud uni 3 yilga haydovçilik huquqidan mahrum etgan holda 9 yil-u 6 oy muddatga qamoq jazosiga hukm qildi.
Yuk maşinasi bölaklarga bölingan holda olib kirildi
Bojxonaçilar tayyor samosval yuk maşinasini ehtiyot qismlar sifatida rasmiylaştirişga uriniş holatini foş qildi. Yuk hujjatlarida 11 turdagi ehtiyot qismlar deb körsatilgan tovar aslida butun bir samosval ekani aniqlangan.
«Sirğali» bojxona postidagi tekşiruvlar natijasida bu orqali yuk egasi 800 mln sömlik bojxona tölovidan qoçişni rejalaştirgani ma’lum böldi. Qömitaning videotasvirlarida bojxona ombori hududida qismlardan samosval yiğilgani va harakatlana boşlagani aks etgan.
Iqtisodçilarning fikriça, bu holat mahalliy işlab çiqaruvçilarni himoya qiliş uçun joriy etilgan yuqori boj tölovlarining oqibati bölişi mumkin. Transport vositalarini ehtiyot qismlar sifatida olib kiriş orqali bojdan qoçiş holatlari avj olgani ta’kidlanmoqda.
Sud jarayonlarida masofaviy iştirok etiş mumkin
Prezident sud muhokamalarida fuqarolarning masofadan iştirok etişini ta’minlaşga oid qonunni imzoladi. Hujjatga köra, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy işlar böyiça sud majlislarida videokonferens-aloqa orqali qatnaşiş mumkin.
Şu maqsadda işda iştirok etuvçi şaxslar öz yaşaş joyi yoki joylaşgan hududiga yaqin sud binosidan turib onlayn qatnaşişi mumkin. Şuningdek, sudlar mobil videokonferens-aloqa tizimidan ham foydalanadi.
Tegişli sud organlari masofaviy qatnaşuvçilarning şaxsini aniqlab, qatnaşgan-qatnaşmaganini tekşiradi. Bu tartib Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeks va Ma’muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksga kiritilgan.
Tadbirkorlar uçun kommunal tölovlarni onlayn tölaş imkoniyati
Yuridik şaxslarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun tölovlarni mobil ilovalar orqali onlayn tölaşga ruxsat berildi. Tölovlar milliy valutadagi korporativ bank kartalari orqali amalga oşirilişi mumkin.
Markaziy bank boşqaruvi raisi imzolagan buyruq davlat röyxatidan ötkazildi. Hujjatga muvofiq, yuridik şaxslar endi bank mobil ilovalari orqali tölovlarni tez va qulay tarzda amalga oşiriş imkoniyatiga ega böladi.
Şuningdek, 1 iyuldan boşlab budjet taşkilotlari va kommunal xizmat körsatuvçi korxonalar elektron tölov tizimlariga ulanişi şartligi belgilandi. Elektron tölovlarni qabul qilişdan boş tortgan tadbirkorlik sub’yektlari qonunçilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
«Zarafşon» boği va qöriqxonalar kengaytirildi
Özbekistonda «Zarafşon» milliy tabiat boği hamda «Nurota» va «Surxon» davlat qöriqxonalari hududlari kengaytirildi. Vazirlar Mahkamasining 10 martdagi qarori bilan uç muhofaza etiladigan tabiiy hududga 7 ming gektardan ortiq yer qöşildi.
«Nurota» davlat qöriqxonasi 4,2 ming gektarga kengayib, umumiy maydoni 22 ming gektarga yetdi. «Zarafşon» milliy tabiat boği hududi esa 2,8 ming gektarga kengayib, 5,2 ming gektarga yetdi. «Surxon» davlat qöriqxonasi 249 gektarga oşirildi va 24 ming gektarni taşkil etdi.
«Nurota» va «Surxon» qöriqxonalari atrofida qöriqlanma zonalar taşkil etilib, ular 17,1 ming va 16,4 ming gektar yerni qamrab oldi. Tabiatni muhofaza qiliş departamentiga köra, uşbu qaror noyob ösimliklar va hayvonlarni saqlaş samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.










