Viloyat Ekologiya boşqarmasi xabar berişiça, Ekologiya boşqarmasi va viloyat Milliy gvardiya boşqarmasi xodimlari hamkorligida viloyat böylab tungi nazorat reyd tadbirlari ötkazildi. Tezkor tadbirlar davomida Jarqörğon tumani Yangi usul mahallasi hududidan oqib ötuvçi Surxon daryosi böyida noqonuniy qum qaziş holati aniqlandi.

Jarqörğon tumani Dam mahallasi fuqarosi B.Yu. öz boşqaruvidagi frontal yuklagiç yordamida qum xomaşyosini noqonuniy ravişda yuklayotgan bölgan. Şuningdek, A.S. va Polvonlar yurti mahallasi fuqarosi T.I. esa öz boşqaruvidagi “KamAZ” va Howo rusumli yuk maşinalariga uşbu qumni ortib ketayotgan bölgan. 

Tadbir davomida uşbu qonunbuzarlik holati rasmiylaştirilib, barça şaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy çoralar körildi.

Har bir qoidabuzarga 11 million 250 000 ming söm (BHMning 30 barobari) miqdorida jarima belgilanib, tabiatga yetkazilgan 45 million söm zarar hisoblandi. Jami hisobda 78 million 750 000 söm miqdorida ma’muriy çora körildi.