Senatning beşinçi yalpi majlisida yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilingani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga sudlar faoliyatining hamda fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini kuçaytirişga qaratilgan özgartiriş hamda qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qonun muhokama qilindi.
Qayd etilişiça, muhokama qilingan qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksi hamda “Sudlar töğrisida”gi qonunga gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi özining aybsizligini isbotlaşi şart emasligi va istalgan vaqtda sukut saqlaş huquqidan foydalanişi mumkinligi belgilanmoqda.
Şu bilan birga, agar şaxsning öz aybini tan olgani unga qarşi yagona dalil bölsa, u aybdor deb topilişi yoki jazoga tortilişi mumkin emasligi nazarda tutilmoqda. Sud jarayonida iştirok etayotgan guvoh öziga va yaqin qarindoşlariga qarşi körsatma bermaslik huquqi joriy etilyapti.
Qonun bilan sudyani muayyan işning muhokamasidan çetlaştirişga yoki uning vakolatlarini töxtatib turiş, boşqa lavozimga ötkazişga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga köra yöl qöyilişi joriy qilinmoqda. Şuningdek, sudya vakolatiga va odil sudlovni amalga oşirişga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralaşişga yöl qöyilmasligi hamda ularning hisobdor emasligi belgilanyapti.
Oliy sudning qonunçilik taşabbusi huquqini amalga oşiriş doirasi aniqlaştirilib, faqat öz vakolatlari doirasida masalalar kiritişi ham körsatilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.












