Qozoğistonda qölga olingan muştumzör, qamrovi oşiriladigan markaziy isitiş tizimi, «Openbudjet»dan çetlatiladigan loyihalar va 86 tovarga eksport boji — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Tungi klubdagi muştumzör Qozoğistonda qölga olindi

Toşkentdagi tungi klub oldida erkak va ayolga kuç işlatişda gumonlangan Akmal Şukurov Qozoğistonda uşlandi. Hozirda uni ekstraditsiya qiliş çoralari körilmoqda.

16 martga ötar keçasi Yakkasaroy tumanidagi «12» tungi klubi oldida janjal kelib çiqqan. Gumonlanuvçi Şukurov muştlaşuv davomida Boris Avakyanga oğir jarohat yetkazgan. Avakyan huşidan ketib, boş jarohati taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277- va 104-moddalari böyiça iş qözğatilgan. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Şukurov Qozoğistonda uşlangan va uni Toşkentga qaytariş jarayoni boşlangan.

Ayrim ma’lumotlarga köra, gumonlanuvçi uzoq yillar Interpolning Toşkentdagi ofisi direktori bölib işlagan Boboqul Şukurovning öğli böladi.

Majburiy ovoz yiğilgan loyihalar çetlatiladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Taşabbusli budjet» doirasida majburiy ovoz yiğilgan loyihalar ovoz beriş bosqiçidan çiqarilişini ma’lum qildi.

Farğona viloyati Quva tumanidagi 37-maktabda xodimlarni ovoz berişga majburlaş holati aniqlangan. Tekşiruv natijasida maktab rahbariyati tomonidan majburlaş yöli bilan ovoz yiğilgani tasdiqlandi. Şu sababli vazirlik mazkur loyihalarni çetlatiş yuzasidan xalq deputatlari tuman kengaşiga taqdimnoma yubordi.

Vazirlik fuqarolarni ovoz töplaşga majburlaş holatlariga duç kelgan taqdirda Bandlik vazirligining (71) 200-06-00 işonç raqamiga xabar berişni söradi. Şuningdek, «Taşabbusli budjet» jarayonida majburiy ovoz beriş holatlari majburiy mehnat sifatida baholanişi ta’kidlandi.

Avvalroq maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Quva tumanidagi maktablardan birida direktor öqituvçilarning maoşidan 700 ming sömdan uşlab qolgani haqida xabar bergandi. Uşbu holatdan söng direktor bilan mehnat şartnomasi bekor qilindi.

Yuqori reytingli fermerlarga imtiyozlar beriladi

Özbekistonda yuqori reytingli fermerlarga yer soliği 3 barobar, fermerlar kengaşiga tölanadigan badal 2 karra kamaytirilişi kutilmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev 17 martdagi videoselektor yiğilişida bu haqda ma’lum qildi.

Hozirda 93 ming fermer tadbirkorlik reytingi asosida baholanmoqda. Yangi tizimda hosildorlik, işçi soni va mahsulot hajmi asosiy mezon böladi. Yuqori reytingli fermerlar uçun kreditni qaytarmaslik xavfini suğurtalaş talabi bekor qilinadi.

Şuningdek, paxta va ğalla hosili yuqori fermerlarga 25 foizgaça yerida çorva ozuqa va sabzavot ekişga ruxsat beriladi.

Yiğilişda, jumladan, obodonlaştiriş işlari muhokama qilinib, 125 mln tup köçat ekiş rejalaştirilgani ma’lum qilindi.

Markazlaşgan issiqlik qamrovi oşiriladi

Prezident qaroriga köra, uy-joy va bino-inşootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlaş sohasi isloh qilinib, binolarning energiya samaradorligi oşiriladi.

Keyingi beş yilda sohada yagona davlat siyosatini yuritiş, strategik takliflarni işlab çiqiş hamda issiqlik ta’minoti korxonalarini muvofiqlaştiruvçi taşkilot tuziş rejalaştirilgan. Şuningdek, eskirgan 103 qozonxona va 1,6 ming km issiqlik tarmoğini yangilaş, 9 ta şahar va tumanda davlat-xususiy şeriklik asosida modernizatsiya loyihalarini amalga oşiriş möljallangan.

Markazlaşgan issiqlik ta’minoti qamrovi 37 foizdan 58 foizgaça oşiriladi, tizimdagi yöqotişlar 38 foizdan 20 foizgaça kamaytiriladi. 2025-2030 yillarda ijtimoiy soha va davlat muassasalarini issiqlik ta’minoti bilan qamrab oliş uçun davlat dasturlari, investitsiya loyihalari va xalqaro moliya institutlari iştirokidagi yangi loyihalar tasdiqlandi.

86 turdagi tovarlarga eksport boji joriy etildi

2025 yil 1 iyuldan tabiiy gaz, göşt mahsulotlari, buğdoy, guruç, mineral öğitlar, çarm xomaşyosi va boşqa 86 turdagi tovarlarga eksport boji joriy etiladi. Bu Jahon savdo taşkiloti qoidalariga muvofiqlaştiriş maqsadida amalga oşirilmoqda.

Prezidentning 14 martdagi farmoniga muvofiq, ayrim tovarlarga bojxona bojlari joriy etilib, mavjud yiğimlar bekor qilindi. Jumladan, çarm xomaşyosi, ipak, paxta ip-kalavasi, trikotaj matolar, rangli metall çiqindilari uçun eksport tartib-taomillari özgardi.

Şuningdek, strategik xomaşyo mahsulotlari, jumladan, tabiiy gaz, paxta tolasi, mineral öğitlar, polietilen va polipropilen kabi tovarlarga ham eksport boji belgilandi.

Bu çoralar mahalliy işlab çiqarişni rağbatlantiriş va qayta işlaş sanoatiga investitsiya jalb qilişga qaratilgan.