Bundestag köpçilik ovoz bilan mudofaa va infratuzilmaga milliardlab investitsiya ajratilişini nazarda tutuvçi moliyaviy paketni ma’qulladi, deb xabar beradi Deutsche Welle.
Jurnalistlarning tuşuntirişiça, deputatlar Germaniya Konstitutsiyasida mustahkamlab qöyilgan va hukumatni budjet mablağlarini tejamkorlik bilan sarflaşga majburlovçi «qarz tormozi» mexanizmini isloh qilişni ma’qullagan.
Endi uşbu «qarz tormozi» mudofaa xarajatlari va federal yerlar ehtiyojlari uçun yumşatiladi. Şuningdek, maxsus infratuzilma jamğarmasi uçun 500 milliard yevro ajratilişiga kelişib olingan.
XDI/XSI va Germaniya Sotsial-demokratlar partiyasi tomonidan işlab çiqilgan qonun loyihasini 513 nafar deputat qöllab-quvvatlagan bölsa, 207 nafar parlamentariy unga qarşi çiqdi. Betaraflar bölmagan.
Deutsche Welle’ning qayd etişiça, konservativ blok «Ittifoq-90»/«yaşillar» partiyasi tomonidan qöllab-quvvatlov olişga muvaffaq bölgan. Yangi tarkibdagi Bundestagda konservatorlar, sotsial-demokratlar va «yaşillar» endilikla köpçilik öringa ega bölmaydi, şu bois ular tuzatişlarni eski Bundestag tarkibida qabul qilişga ulgurişi muhim edi.
Qonun loyihasini endi Bundesrat — federal yerlar vakillik organi tasdiqlaşi kerak.
XDI yetakçisi va Germaniya kanslerligiga nomzod Fridrix Mers moliyaviy paketni «hamkorlarimiz va döstlarimizga, şuningdek, erkinligimizga duşman bölgan raqiblarga yöllangan aniq signal: biz özimizni himoya qila olamiz», deb atadi.












