Ramzan Qodirovning bosh vazir o‘rinbosarligi lavozimidan ketgan qizi 3 mlrd rubllik kompaniya egasiga aylandi
Ayshat Qodirova «Chechen mineral suvlari» kompaniyasining yagona egasiga aylandi. Ushbu korxona limonadlar, sharbatlar va sovuq choylar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Foto: AFP
Checheniston yetakchisining qizi Ayshat Qodirova turli ichimliklar ishlab chiqaruvchi «Chechen mineral suvlari» kompaniyasining yagona egasiga aylandi. Bu haqda «Kontur.Fokus» ma’lumotlariga tayanib «Verstka» nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 26 yoshli Qodirova kompaniya egaligini 11 mart kuni — Checheniston hukumati raisi o‘rinbosarligi lavozimidan ketganidan salkam ikki hafta o‘tib qo‘lga kiritgan.
Ayshat iste’foga chiqishini e’lon qilganida, «bu ish kuchli erkakka ko‘proq mos kelishi»ni aytgandi. «Men biznesdagi loyihalar bilan shug‘ullanib respublikamiz farovonligi uchun mehnat qilaman va ishonchim komilki, ushbu faoliyat orqali siyosatdan ko‘ra ko‘proq foyda keltira olaman», — degandi Qodirova. U 2018 yildan beri o‘zi egalik qilib kelayotgan «Firdavs» modalar uyiga qaytishini bildirgan edi.
«Chechen mineral suvlari», jumladan, STOM markasi ostida limonadlar, sharbatlar va sovuq choylar ishlab chiqaradi. 2023 yilda kompaniya balansidagi aktivlar 3 milliard 143 million rublga, daromadi esa 1,4 milliard rublga yetgan (oxirgi besh yilda ikki barobardan ortiqqa oshgan). O‘shanda korxona Chechenistondagi eng yirik eksportchiga aylangan edi. «Checheniston Respublikasi suvlarini «Lenta», «Perekrestok», «Pyaterochka», «Verniy» kabi yirik federal savdo markazlarining deyarli barchasidan topish mumkin», — deb yozgandi Qodirov.
«Chechen mineral suvlari» 2007 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shundan buyon u Ahmat Qodirov nomidagi jamoatchilik fondiga tegishli edi. 2022 yil fevralda — Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanishidan 10 kun oldin kompaniya Ruslan Degiyev va Beksolt Sadulayev nomiga o‘tkazilgan. Ularning hech biri biznes bilan shug‘ullanmagan. Degiyevning yashash manzili sifatida Ahmat-Yurta — Ramzan Qodirovning ota qishlog‘i ko‘rsatilgan.
Ayshat — Qodirovlarning to‘ng‘ich farzandi. U respublika va federal darajadagi, shuningdek, boshqa hududlarning ko‘plab mukofotlarini qo‘lga kiritgan. Xususan, 2023 yilda u II darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: BAA AQSh iqtisodiyotiga 1,4 trln dollar sarmoya kiritadi
Jahon | 20:39
-
Rossiya Markaziy banki chet elga pul o‘tkazmalari bo‘yicha cheklovlarni 6 oyga uzaytirdi
Jahon | 20:17
-
Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 321 nafar mahbusni afv etdi
Jahon | 20:08
-
Buyuk Britaniya 2022 yildan beri Rossiyaning 25 mlrd funtlik aktivlarini muzlatdi
Jahon | 20:05
Mavzuga oid

20:30 / 10.03.2025
Checheniston rasmiylari Telegramʼni blokdan chiqarishga chaqirdi

17:22 / 09.03.2025
Checheniston va Dog‘istonda Telegram bloklandi

22:44 / 27.02.2025
Ramzan Qodirovning qizi Checheniston bosh vaziri o‘rinbosarligidan ketdi

15:52 / 01.01.2025