Tadbirkorlik sub’yektlariga yengilliklar, Toşkentda buzilişi belgilangan noqonuniy «dom», Milliy gvardiyadan içki işlarga ötayotgan maktablar va 715 ming aholiga ilk bor beriladigan toza içimlik suv — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Toşkentda noqonuniy qurilgan «dom» buziladi

Uçtepa tumanida Hunarmandlar markazi qurilişi kerak bölgan hududda noqonuniy 9 qavatli uy barpo etilgani aniqlandi. Sud «Turon meros» MÇJ qurgan binoni ularning hisobidan buziş haqida qaror çiqardi.

2019 yilda hunarmandlar ustaxonalari buzilgandan söng, hukumat ularga 4 qavatli markaz qurib berişni va’da qilgan. Biroq investorlar bu yerda turar joy qurişni boşlab yuborgan. Hujjatlarda bu bino hunarmandlar uçun möljallangan bölsa-da, aslida 9 qavatli uyga aylanib qolgan.

2024 yil 25 oktyabrda Uçtepa tumanlararo sudi noqonuniy qurilgan binoni buziş töğrisida qabul qilgan edi. 2025 yil 5 fevralda apellyatsiya sudi ham bu qarorni özgarişsiz qoldirdi.

Hozirda iş taftiş instansiyasida körib çiqilmoqda. Bino «Turon meros» MÇJ mablağlari hisobidan buziladi.

Prezident tadbirkorlarga yengilliklar berilişini talab qildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlar uçun qulay şart-şaroit yaratiş va yangi faoliyat boşlaganlarni qöllab-quvvatlaş zarurligini ta’kidladi.

Sönggi uç yilda 17,5 ming korxona taşkil etilgan bölsa, ularning katta qismi 1 yilga yetmasdan tugatilgan. Samarqand, Qaşqadaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlarida yangi korxonalarni qöllab-quvvatlaşda kamçiliklar borligi qayd etildi.

Endi yangiça, «birinçi imkoniyat» tamoyili joriy etiladi. Ilk bor ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkor javobgarlikdan ozod qilinib, kamçilikni bartaraf etiş imkoniyati beriladi.

Bundan taşqari, oxirgi uç yilda aylanmasi 10 mlrd sömdan kam, soliq qarzi yöq korxonalar auditdan ötmasdan ixtiyoriy tugatilişi mumkin.

Kiçik va örta biznesga qöşimça majburiyat yuklaydigan hujjatlarni qabul qilişga uç yillik moratoriy joriy etildi.

Fermerlar uçun muhim yengillik bor — soliq qarzini öz vaqtida tölay olmagan fermerlar uçun umumiy 1 trln sömlik penya undirilmaydigan böldi.

15 tuman va şaharda davlat idoralari bitta binoga jamlanadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 15 tuman va şaharda davlat idoralarini bitta binoga jamlaş taşabbusini ilgari surdi. Yangi binolarning 1-2-qavatlari tadbirkorlarga sotiladi, böşaydigan 150 ta davlat binosi auksionga çiqariladi.

Taşabbus Qönğirot, Çimboy, Asaka, Ğijduvon, Ğallaorol, Yakkaboğ, Xatirçi, Çortoq, Bulunğur, Sirdaryo, Denov, Quva, Şovot, Yangiyöl tumanlari va Marğilon şaharlarida amalga oşiriladi.

Tadbirkorlar bilan uçraşuvda davlat rahbari kiçik va örta biznes uluşini 55 foizga yetkaziş, 1,5 mln doimiy iş örni yaratiş va eksport hajmini 12 mlrd dollarga çiqariş rejasini ma’lum qildi.

Şuningdek, investorlarga 10 ming kvadrat metrgaça davlat obektlari 5 yilga bepul ijaraga beriladi. Bu islohot 250 mingta yangi korxona faoliyatini kengaytirişga yordam beradi.

Şuningdek, kiçik biznes infratuzilmasiga 1,5 trln söm ajratilişi belgilanmoqda.

715 ming aholiga ilk bor toza içimlik suv

Özbekistonda 2025 yilda 715 ming aholiga ilk bor markazlaşgan toza içimlik suv yetib boradi. Bu haqda AOKAda ötkazilgan brifingda «Özsuvta’minot» AJ axborot xizmati rahbari ma’lum qildi.

Joriy yilda 1619 km içimlik suv, 521 km oqova suv tarmoği tortiladi, 162 ta inşoot quriladi va rekonstruksiya qilinadi. 135 ming xonadon oqova tarmoğiga ulanadi, 157 ming iste’molçiga zamonaviy hisoblagiç örnatiladi.

Bundan taşqari, davlat rahbarining Fransiyaga taşrifi doirasida Surxondaryo va Qaşqadaryoda içimlik suv uçun 340 mln yevrolik 3 ta loyiha kelişildi.

Sohani raqamlaştiriş uçun Osiyo taraqqiyot bankidan 125 mln dollar jalb qilinadi. 5 yilda yirik suv inşootlari va magistral quvurlarga 4800 ta «aqlli» hisoblagiç, 2 800 ta telemetriya tizimi örnatiş rejalaştirilgan.

Respublika va 14 ta hududiy suv ta’minoti korxonalarida yagona situatsion markaz taşkil etilib, avariyalarni tezkor bartaraf qiliş tizimi yölga qöyiladi.

Inspektor-psixologlar Milliy gvardiyadan IIVga ötkazildi

Milliy gvardiya endi maktablarda bolalar tarbiyasi va davomati bilan şuğullanmaydi. Bu vakolat yana içki işlar organlariga qaytdi.

Bu haqda Boş prokuraturada ötkazilgan jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini olişga bağişlangan yiğilişda ma’lum qilindi. Videoselektor şaklida ötgan tadbirda Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi, mahalliy hokimliklar va boşqa mutasaddi idoralar rahbarlari iştirok etdi.

Yiğilişda kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qiliş, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini oliş mexanizmi muhokama qilindi. Şuningdek, jinoyatçilikka qarşi kuraşda mavjud kamçiliklar misollar orqali tahlil qilindi va galdagi vazifalar belgilandi.

Qarorga asosan, Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari böyiça inspektor-psixologlari va 2000 ta ştat birligi IIV tuzilmasiga ötkazildi. Endi içki işlar organlari voyaga yetmaganlar bilan «Oila – mahalla – maktab» tamoyili asosida iş olib boradi.