Indoneziyadagi Flores orolining şarqiy qismida joylaşgan Levotobi vulqoni harakatga kelib, 8 ming metrlik kul ustunini hosil qildi. Ta’kidlanişiça, yaqin atrofdagi qişloqlarni kul qoplagan, Bali aeroportida bir qator xalqaro reyslar bekor qilingan.
Indoneziya geologiya agentligi ma’lumotlariga köra, vulqon uç marta otilgan — payşanba kuni keçqurun bir marotaba va juma kuni ikki marotaba. 21 mart kuni vulqon krateridan qalin kulrang bulutlar kötarilib turgani kuzatilgan.
Aviakompaniyalar vulqondan 800 kilometr uzoqlikda joylaşgan Bali va Avstraliya örtasidagi bir qança reyslarni bekor qilgan. Xususan, ularning oltitasi Jetstar’ning Avstraliyaga amalga oşiradigan reyslari bölsa, bittasi Air Asia’ning Kuala-Lumpurga reysi edi.
Hukumat vulqon otiliş xavfining eng yuqori darajasini e’lon qilgan va unga 7-8 kilometr radiusda yaqinlaşişni taqiqlagan. Indoneziya tabiiy ofatlarga qarşi kuraş agentligining ma’lum qilişiça, mahalliy hukumat 14 kunlik favqulodda holat e’lon qilgan.
Qayd etilişiça, jami 4,7 ming kişi evakuatsiya qilingan. Mahalliy aholiga köra, plantatsiyalarda işlayotgan odamlar orasida kuldan kuyiş jarohatini olganlar bor. Aholi yaqin kunlar davomida ogoh bölişga çaqirilgan, çunki kuçli yomğirlar vulqon köçkilarini keltirib çiqariş mumkin.
Noyabr oyida balandligi 1703 metrni taşkil etuvçi mazkur vulqonning otilişi oqibatida töqqiz kişi halok bölgan va yana önlab odamlar jarohat olgandi. 130 ga yaqin faol vulqonga ega Indoneziya Tinç okeani olovli halqasida joylaşgan bölib, u Yerdagi eng geologik faol hudud hisoblanadi.












