Prezident Şavkat Mirziyoyev 22 mart kuni Samarqandga taşrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo öqildi.

– Kuni keça xalqimiz bilan Navröz ayyomini kutib oldik. Bugun, muqaddas Ramazon oyida mana şu tabarruk joyga kelib turibmiz. Bu uluğ kunlarga tinçlik-xotirjamlikda yetkazgani uçun Yaratganga şukronalar aytamiz. Ilohim, hamişa yurtimiz tinç, elimiz farovon bölsin, hamma xayrli niyatlarimiz amalga oşsin. Bu majmuani Imom Buxoriy bobomizga munosib tarzda quryapmiz. U ziyorat bilan birga ma’rifat, tarbiya, ibrat öçoği bölsin, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Qayd qilinişiça, bu yerda yangi majmua barpo etilmoqda, uning umumiy maydoni 44 gektar. Bugungi kunda mahobatli maqbara, 10 ming kişiga möljallangan masjid qurib bitkazilgan. Balandligi 75 metrlik 4 ta minora majmuaga uluğvorlik bağişlagan. Şuningdek, muzey, ayvonlar, ma’muriyat va xizmat körsatiş binolari barpo etilgan.
Ayni paytda pardozlaş işlari olib borilmoqda. Bunda milliy an’analar va issiq ranglardan foydalanilmoqda. Peştoqlar va ayvon devorlariga “Sahihi Buxoriy”dan hadislar bitiladi.

Bundan taşqari, hududda ikki ming örinli yigirmadan ortiq mehmonxona, xiyobonlar, törtta tahoratxona barpo etiladi.
Bu yil Özbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi keng nişonlanadi. Şu haqdagi prezident qarorida kalom ilmi sultonining Samarqand şahridagi majmuasini qayta ta’mirlaş va obodonlaştiriş belgilangan. Taşrif çoğida prezidentga uşbu loyiha taqdimot qilindi.
Qayd etilganidek, Moturidiy majmuasida 1 ming 500 kişiga möljallangan jome masjid, ma’muriy bino qurilişi közda tutilgan. U yerda kutubxona, majlislar zali, innovatsion muzey hamda mutaxassislar uçun xonalar böladi. Majmua yaqinida ziyoratçilar uçun avtoturargoh, tahoratxona quriladi.

Imom Abu Mansur Moturidiy islom olamida ixtiloflar avj olib, har xil firqalar köpaygan paytda yaşagan, butun hayotini islomiy aqidani himoya qiliş va ma’rifatini yoyişga bağişlagan. U zotning moturidiylik ta’limoti, “Ta’vilotul Qur’on”, “Kitob at-Tavhid” kabi asarlari bağrikenglik va mö’tadillik tamoyillari bilan ahli sunna val-jamoaning ma’naviy asoslariga aylangan.













