«Openbudjet»da peşqadam asfaltlaş loyihalari, Kaspi.kzʼdan Özbekistonga pul ötkazmalari, çiqindilardan olinadigan energiya va jazoga tortilgan noqonuniy yer egalari — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Openbudjet»: yöl loyihalari yana peşqadam
2025 yilgi «Taşabbusli budjet»ning 1-mavsumida 3,2 trln sömlik 2369 ta loyiha ğolib deb topildi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga köra, eng köp ğalaba qozongan loyihalar içki yöllarni ta’mirlaşga oid bölib, ular soni 964 tani, mablaği esa 1,4 trln sömni taşkil etdi.
Şuningdek, 699 ta maktabni ta’mirlaş va jihozlaş, 247 ta soğliqni saqlaş muassasalarini rivojlantiriş, 60 ta boğça, 44 ta köça yoritiş tizimi va 34 ta içimlik suv bilan boğliq loyihalar ğolib böldi. Qolgan 321 ta loyiha boşqa yönalişlarni qamrab oldi.
21 mart kuni «Oçiq budjet» portalida ğoliblar e’lon qilindi. Taşabbuslar uçun berilgan umumiy ovozlar soni 10,4 millionga yetdi.
Kaspi.kz endi Uzcard va Humöga ötkazadi
Qozoğistonliklar endilikda Kaspi.kz orqali Özbekistondagi Uzcard va Humo kartalariga ham pul ötkazişi mumkin. Ilgari bunday operatsiyalar faqat Visa yoki Mastercard orqali amalga oşirilar edi.
Yangi xizmat foydalaniş uçun juda oddiy: faqat kartaning raqamini kiritiş kifoya, qabul qiluvçining ismi avtomatik ravişda çiqadi.
Kaspi.kz asosçisi Mixail Lomtadze kompaniya Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi döstlik va hamkorlikni mustahkamlaşga öz hissasini qöşayotganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, ikki mamlakat aholisi örtasida doimiy mehmonçilik, işbilarmonlik va madaniy aloqalar mavjud va şu sababli pul ötkazmalariga ehtiyoj yuqori.
Kaspi.kz Qozoğistondagi eng maşhur fintex ilovalaridan biri bölib, 15 milliondan ziyod foydalanuvçiga ega. U tölov, marketpleys va moliyaviy xizmatlarni özida birlaştirgan raqamli ekotizim hisoblanadi.
Çiqindilardan energiya: 7 hududda yangi loyiha
Toşkent şahri va yana 6 ta viloyatda qattiq maişiy çiqindilarni yoqiş orqali elektr energiyasi işlab çiqariş loyihalari amalga oşiriladi.
Prezident qaroriga muvofiq, ekologik vaziyatni yaxşilaş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş orqali çiqindilardan foydalaniş samaradorligi oşiriladi, sohaga töğridan töğri investitsiyalar jalb etiladi.
Investorlar 2025–2027 yillarda termik qayta işlaş uskunalarini işga tuşiradi. Masalan, Toşkent viloyatida kuniga 2,5 ming tonna çiqindidan 390 mln kWt, boşqa viloyatlarda esa kuniga 1,5 ming tonna çiqindidan 227–240 mln kW elektr energiyasi işlab çiqariladi.
Işlab çiqarilgan energiya 30 yil davomida «Özenergosotiş»ga kafolatli ravişda sotiladi.
Özbekistonda 66 ming holatda yer noqonuniy egallangan
2024 yil davomida Özbekistonda 66 ming 109 ta holatda yerlarni özboşimçalik bilan egallab oliş holati aniqlandi. Bu yerlar umumiy 9462 gektar maydonni taşkil etadi. Kadastr agentligi ma’lumotiga köra, 41 ming 972 ta holatdagi 4472 gektar yer ixtiyoriy ravişda qaytarilgan.
Umumiy hisobda 41 ming 708 nafar şaxsga nisbatan ma’muriy jazo çoralari qöllandi.
2025 yilda 2 mingdan ortiq mahallada özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalari hamda ulardagi bino va inşootlar Kadastr agentligi tomonidan xatlovdan ötkaziladi.
Agentlik 2025 yil davomida 6,9 mln gektar yer maydonida xatlov ötkazişni, 13 mingta noqonuniy qurilgan obektga çora körişni reja qilgan.
Özbekiston hind sayyohlarini köpaytirmoqçi
Özbekiston 2030 yilgaça Hindistondan keladigan sayyohlar sonini uç baravarga oşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Turizm qömitasi raisi Umid Şodiyev Janubiy Osiyodagi yirik SATTE körgazmasida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlaşiça, hind fuqarolari uçun vizasiz tartibni joriy etiş masalasi körib çiqilmoqda.
Hindistondagi ommaviy axborot vositalari, jumladan, The Print naşri Özbekistonning milliy paviloniga katta qiziqiş bildirilganini yozdi. Naşr Şodiyev sözlariga tayanib, mamlakatimiz 2030 yilga qadar yiliga 15 million xalqaro sayyohni jalb etişni maqsad qilganini ta’kidladi.
2024 yilda Özbekistonga 10 million xalqaro sayyoh keldi — bu 2017 yilga nisbatan tört baravar köpdir.










