Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Amerika Qöşma Ştatlariga işga yuborişini aytib odamlardan pul olgan şaxslarni qölga oldi.
Departamentning Jizzax viloyati Zafarobod tuman bölimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Q. fuqaro B.B.ning işonçiga kirib, uni tanişlari yordamida AQŞga işga yuborişi evaziga 20 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, Departamentning Navoiy viloyat boşqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida Navoiy şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.T. fuqaro M.Ş.ning işonçiga kirib, uni Meksika orqali AQŞga işga yuborişi evaziga 14 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan .
Bu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Mart oyi örtalarida bunday şaxslardan biri Toşkentda 16 ming dollar bilan uşlangandi.
AQŞ tomoni ma’lumotlariga köra, 2021 yilning oktyabridan 2023 yilning oktyabriga qadar Qöşma Ştatlar çegarasini noqonuniy kesib ötişga uringan 13 mingdan ortiq Özbekiston fuqarosi qölga olingan.












