Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabariga köra, departamentning Sergeli tuman bölimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, fuqaro F.E. fuqaro M.Ya.ning işonçiga kirib, uni 16 000 AQŞ dollari evaziga Turkiya, Meksika va Nikaragua davlatlari orqali Amerika Qöşma Ştatlariga işlaş uçun yuborişini va’da qilib, oldindan 9 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












