Donald Tramp taşqi siyosatda yangi vosita — ikkilamçi bojlarni öylab topdi, deb yozadi The Moscow Times. U Venesuela neftini xarid qiluvçi davlatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 25 foiz tarif joriy qiliş bilan tahdid qildi. Bu esa Xitoy va Hindistonning neftni qayta işlovçi kompaniyalarini heç bölmaganda vaqtinça uşbu neftni sotib olişni töxtatişga majbur qildi.
24 mart kuni Tramp Venesueladan neft xarid qiladigan davlatlarga nisbatan 25 foizli boj joriy etiş töğrisidagi farmonni imzoladi. U 2 apreldan kuçga kiradi. Venesuela muxolifatga qarşi repressiyalari va Nikolas Maduroning uzurpatsiyasi sabab ançadan beri Amerika sanksiyalari ostida.
Şu bilan birga, AQŞning özi ham Venesuela neftiga xaridor hisoblanadi: mamlakatda işlaş va qazib olingan neftni eskport qiliş litsenziyasini Vaşington oldinroq Amerikaning Chevron, Ispaniyaning Repsol va Hindistonning Reliance Industries kompaniyalariga bergan. Qora bozorda esa Xitoy ustunlikka ega, u Venesuela neftining taxminan yarmiga (kuniga 500 ming barrel) bevosita va çeklovlarni çetlab ötib xaridorlik qiladi. Uşbu neft köpinça yetkazib beriş jarayonida Malayziya nefti sifatida qayd etiladi. «Xitoy – mazkur çoralar qaratilgan asosiy nişon, çunki aslida u Venesuela neftining qora bozori hisoblanadi», – deydi Rays universiteti qoşidagi Beyker davlat siyosati institutining Lotin Amerikasi böyiça energetika siyosati direktori Fransisko Monaldi.
Ta’kidlanişiça, agar Xitoy bölmaganida Oq uy Monaldi aytganidek «ikkilamçi bojlarni» joriy etmagan bölardi.
Bloomberğga köra, Trampning tahdidlari öz natijasini bermoqda. Hindistonning neftni qayta işlaş böyiça eng yirik xususiy kompaniyalaridan biri hisoblanuvçi Reliance Industries Venesueladan yangi xaridlarni bekor qilgan.
Ötgan yil davomida Reliance Vaşingtondan Venesuela bilan işlaş uçun ruxsat olgan va joriy yil boşidan beri 6,5 million barrel neft xarid qilgan.
Tramp Chevron kompaniyasiga esa Venesuela bilan işlaşni 3 apreldan töxtatişni buyurgan.
Xitoyning mustaqil neftni qayta işlaş zavodlari va neft treyderlari ham Venesuela nefti xaridini töxtatgan. Xitoydagi treyding kompaniyalarning top-menejerlarini sözlariga köra, ular aprel oyidan boşlab xomaşyo xarid qilmaydi.
Treyderlar va tahlilçilarning fikriça, agar Pekin Venesuela neftini sotib olişni töxtatişni buyurmasa, mustaqil neftni qayta işlaş zavodlari vaqt ötişi bilan uning importini davom ettiriş yöllarini izlay boşlaydi.
Trampning çoralarining Xitoyning neft xaridlariga ta’siri minimal böladi, deydi şu kabi zavodlardan birining menejeri. «Neftni qayta işlovçilarni 25 foizli bojlar bezovta qilmaydi. Hammasi Xitoy rahbariyatining pozitsiyasiga boğliq. AQŞning bu harakatlari erkin savdo qoidalarini buzmoqda va Xitoy bunga qat’iy qarşi çiqadi», — deydi u.












