Hayit nişonlanadigan sana, Samarqand va Andijonga pulli yöl taqdimoti, energiya tejamkorligi yuzasidan yangi topşiriq va boğça ustiga qulagan kran — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Ramazon hayiti 30 mart kuni nişonlanadi
Özbekistonda 2025 yilgi Ramazon hayiti 30 mart, yakşanba kuni keng nişonlanadi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi va hukumat uşbu sanani rasman bayram kuni sifatida qabul qildi.
Mehnat kodeksiga muvofiq, yakşanba dam oliş kuniga töğri kelgan Ramazon hayitining birinçi kunining örni 31 mart — duşanba kuniga köçiriladi. Şunday qilib, döstlik va ahillik ramzi bölgan uşbu bayramda yurtdoşlar ikki kun dam oliş imkoniga ega böladi.
Şu bilan birga, Ramazon hayiti kuni Toşkent metropoliteni öz işini tonggi soat 04:00 da boşlaşi e’lon qilindi. Bu aholiga erta tongdagi ibodatlarda qatnaşiş uçun qulaylik yaratiş maqsadida amalga oşirilmoqda.
Toşkentdan Andijon va Samarqandga muqobil avtoyöllar
Transport vaziri Ilhom Mahkamov prezident Şavkat Mirziyoyevga Toşkentni Samarqand va Andijon bilan boğlovçi muqobil yöl loyihalari taqdimotini ötkazdi.
Unda qayd qilinişiça, hozir Özbekistondagi xalqaro ahamiyatga ega yöllarning 25 foizi katta yuklamada işlayapti. Masalan, kuniga 32 ming avtomobilga möljallangan “Toşkent – Samarqand” yölida 45 mingta transport qatnayapti. Tirbandlik sababli ba’zan bunga 5-6 soatgaça vaqt ketyapti. 2030 yilga borib harakat jadalligi 80 mingdan oşişi mumkin.
Toşkentdan Samarqandga va Andijonga eltuvçi muqobil yöllar quriş ustida iş olib borilmoqda.
Toşkent bilan Samarqandni boğlovçi qöşimça yölning texnik-iqtisodiy asoslari xorijiy mutaxassislar iştirokida işlab çiqilgan. Bu yangi yölning uzunligi 300 kilometr atrofida böladi. Uning natijasida Toşkent bilan Samarqand örtasida qatnov vaqti 4,5 soatdan 2,5 soatgaça qisqaradi.
Toşkent – Andijon yölini quriş böyiça xalqaro tender e’lon qilingan. Umumiy uzunligi 314 kilometr bölgan bu tezyurar magistral foydalanişga topşirilişi natijasida Toşkent bilan Andijon orasidagi qatnov vaqti 5 soatdan 3 soatgaça qisqaradi.
Prezident energiya tejamkorligi yuzasidan topşiriq berdi
Şavkat Mirziyoyev 26 mart kuni ötkazgan yiğilişda tabiiy gaz va elektr energiyasini tejaş, oqilona foydalaniş böyiça qöşimça vazifalarni belgiladi.
2030 yilgaça Özbekiston aholisi 41 millionga yetişi va iqtisodiyot ikki barobar ösişi kutilmoqda. Bu energiya resurslariga bölgan talabni 1,5 karraga oşiradi.
Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxdagi tadqiqotlarda 870 mln kWh elektr va 420 mln kub metr gazni tejaş imkoni aniqlangan. Eng avvalo eskirgan uskunalarni yangisiga almaştiriş hisobidan katta tejamkorlikka erişiş mumkin.
Quyoş stansiyalari va mikro GESlar orqali qöşimça energiya işlab çiqariladi. Köça yoritiş tizimlarini quyoş çiroqlariga ötkaziş ham samarali yeçim sifatida qayd etildi.
Joriy yil 1,1 mlrd kub metr gaz va 2,6 mlrd kWh elektrni tejaş rejalaştirilgan. Farğona vodiysida alohida yondaşuv joriy etiladi.
Yangiyölda kran öqi boğça binosiga quladi
Yangiyöl şahridagi 5-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti tomiga quriliş kranining öq qismi quladi. Hodisa 25 mart kuni soat 19:10 larda Baxt mahallasida sodir böldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq.
Quriliş vazirligi ma’lumotiga köra, boğçaga yaqin joyda xususiy tadbirkor turarjoy qurmoqda edi. Yomğir sababli kötarma kranning öq qismi ğalvirdan çiqib, boğçaning tomiga qulagan va tom qismini şikastlagan.
Hodisa joyiga tezkorlik bilan FVB, hokimiyat va huquq-tartibot idoralari vakillari yetib borib, kran öqini olib taşlaşgan. Hozirda 8 nafar işçi tomni ta’mirlaş bilan şuğullanmoqda.
Boğça faoliyati vaqtinça töxtatilgan. Quriliş taşkiloti tomondan zarar bartaraf etilib, 3 kunda muassasa qayta işga tuşirilişi kutilmoqda.
Özbekiston soğliqni saqlaş tizimi jahonda 64-örinda
Özbekiston soğliqni saqlaş tizimi sifat böyiça 2024 yilda Ceoworld Magazine reytingida 110 davlat orasida 64-örinni egalladi. Mamlakat 100 balli tizimda 36,26 ball töplab, yetakçi davlatlardan qariyb ikki barobar orqada qoldi.
Reytingda tibbiy infratuzilma, şifokorlar malakasi, dori vositalarining narxi va mavjudligi, hukumat dasturlari hamda sanitariya şaroitlari kabi omillar hisobga olingan.
Kuçli beşlikdan Tayvan, Janubiy Koreya, Avstraliya, Kanada va Şvetsiya örin olgan. Yaqin xorij davlatlaridan Hindiston 29-örin, Rossiya 42-örin, Ozarboyjon 57-örin, Belarus 61-örin, Ukraina 76-örin, Qozoğiston 78-örin, Eron 92-örin, Turkmaniston esa 95-örinni egallagan. Eng past natijalar Salvador, Honduras va Nepalga tegişli.










