Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi
Kreativ industriya parki hududlarda o‘z filiallari hamda ularda kreativ soha vakillarini o‘qitadigan biznes maktablari tashkil etadi.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, kreativ industriya parki hududlarda o‘z filiallari hamda ularda kreativ soha vakillarini o‘qitadigan biznes maktablari tashkil etadi.
2025 yil 1 maydan 2031 yil 1 yanvargacha kreativ park rezidentlariga quyidagi soliq imtiyozlari joriy etiladi:
- ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to‘laydi;
- tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar toifasiga kiritiladi. Bunda ular o‘z istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga o‘tishi mumkin.
Bundan tashqari, xorijiy tillar bo‘yicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga 2 yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga BHM 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi

15:16 / 03.04.2025
Mubin Mirzayev o‘zini o‘zi band qilish turlari qisqarishiga izoh berdi

17:50 / 27.03.2025
O‘zini o‘zini band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari qisqaradi

08:41 / 08.03.2025