«Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoşlar bilan oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşirişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2025/2026 öquv yilidan:
- oliy harbiy ta’lim muassasalarining namunali kursantlari (talabalari) va tinglovçilari uçun «Oliy boş qömondon» davlat stipendiyasi joriy etiladi;
- öquvçilar örtasida muhandislik-ixtiroçilik yönalişida olimpiadalar ötkaziş yölga qöyiladi. Bunda ğolib bölgan bitiruvçi yoşlar davlat oliy ta’lim muassasalarining olimpiada yönalişiga mos va turdoş ta’lim yönalişlariga imtihonlarsiz qöşimça davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi.
- Bundan taşqari, yoşlarni ilmga qiziqtiruvçi, tarbiyaviy ahamiyatga ega va umummilliy qadriyatlarni şakllantirişga xizmat qiluvçi milliy mediakontentlar yaratiş hamda eng yaxşi intellektual şoularni taşkil etiş uçun 100 million sömgaça grantlar ajratiladi.
- Şuningdek, yoşlarda tabiatga muhabbat hissini uyğotiş, atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan loyihalarni qöllab-quvvatlaş uçun Yoşlar işlari agentligi huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan «Yaşil taşabbuslar»ni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil etiladi. Mazkur jamğarma 10 milliard sömgaça miqdorda şakllantiriladi.








