Muzokaralar davomida Buyuk Britaniyada talab yuqori bölgan jabhalarda özbek mutaxassislarini tayyorlaş va ularda aniq amaliy könikmalarni rivojlantirişga qaratilgan qöşma ta’lim dasturlarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Buyuk Britaniya mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda, Özbekiston fuqarolar uçun moslaştirilgan kasbiy ta’lim modellari xususida fikr almaşildi.

Talabalarga zarur könikmalarni bosqiçma-bosqiç özlaştiriş imkonini beradigan modulli ta’limni joriy etiş, mehnat bozorining dolzarb ehtiyojlariga moslaştirilgan malaka oşiriş va qayta tayyorlaş dasturlarini amalga oşiriş, özbek migrantlarini iş bilan ta’minlaşni kafolatlaş maqsadida Britaniya iş beruvçilari bilan hamkorlik va ustoz-şogird tizimini integratsiya qiliş imkoniyatlariga e’tibor qaratildi. 

Şuningdek, ta’lim kurslari, amaliyotlar va keyingi işga joylaştirişni öz içiga olgan davlat-xususiy şeriklik asosida qöşma dasturlarni taşkil etiş mexanizmlari körib çiqildi.