Delegatsiya tarkibidan töqimaçilik, farmatsevtika, terini qayta işlaş, quriliş materiallari, transport-logistika sohasida faoliyat yurituvçi kompaniya vakillari örin oldi.

Taşrif Imom at-Termiziy majmuasini ziyorat qilişdan boşlandi. Şundan söng, Pokiston vakillari "Ayritom" erkin iqtisodiy zonasi böldi. Mehmonlar EIZ faoliyati bilan tanişdi. Hududda xorijiy investorlar uçun yaratilgan şaroitlar, yangi loyihalarni amalga oşirişda beriladigan imtiyoz va qulayliklar töğrisida taqdimot ötkazildi.

Pokistonning NLC transport-logistika kompaniyasi bilan "Ayritom" EIZ hududida saqlaş omborini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi. Şuningdek, Herbion Naturals kompaniyasi bilan ham dori vositalarini saqlaş omborini yaratiş böyiça muzokaralar boşlandi.

Pokiston tadbirkorlar delegatsiyasini Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov qabul qildi. Uçraşuvda hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida özaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Viloyatning yetakçi iqtisodiy tarmoqlari – qişloq xöjaligi, sanoat, quriliş, oziq-ovqat va boşqa yönalişlardagi salohiyati töğrisida batafsil ma’lumot berildi.

Peşovar şahrida Surxondaryo sanoat mahsulotlarini, jumladan kömir, oltingugurt, mineral öğitlar, ip-kalava va boşqa tovarlarni saqlaş omborini taşkil etiş va şu yerdan Pokiston turli nuqtalariga yetkazib beriş yuzasidan kelişildi.

Viloyatda töqimaçilik, teri va çarm mahsulotlari işlab çiqariş yönalişida faoliyat yuritayotgan korxonalar samaradorligini yanada oşiriş, işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş maqsadida qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça harakatlar rejasi işlab çiqildi.

Termiz tumanida joylaşgan "Amudayorteks" korxonasi bazasida Pokistonning Diners Group kompaniyasi tomonidan zamonaviy töqimaçilik işlab çiqariş korxonasini taşkil etiş loyihasi işlab çiqildi.

Delegatsiya a’zolarining Nova pharm farmatsevtika kompaniyasi va Top Quality Brand terini qayta işlaş korxonasiga taşriflari çoğida ham dori substansiyalarini yetkazib beriş va Pokistonga tayyor terini eksport qiliş böyiça şartnomalar tuzildi.

Şuningdek, Jarqörğon tumanida joylaşgan "Surxonsementinvest" korxonasi negizida Pokiston kompaniyasining operativ boşqaruvi orqali jahon bozoriga zamonaviy va raqobatbardoş mahsulotlar bilan kirib boriş böyiça loyiha kelişildi.