Taşrif dasturiga köra, dastlab Buxoro viloyati hokimi Botir Zokirov iştirokida davra suhbati bölib ötdi. Unda xorijiy hamkorlarga viloyatning turizm, töqimaçilik, farmatsevtika, neft va gazni qayta işlaş, quriliş materiallari işlab çiqariş va sanoatning boşqa yönalişlaridagi salohiyati haqida taqdimot ötkazildi.
Viloyatdagi töqimaçilik korxonalari eksport salohiyatini yanada oşiriş maqsadida Pokistonning Fateh va Tabba kompaniyalarini taşqi boşqaruv jarayonlariga jalb etiş, pokistonlik sayyohlar oqimini oşiriş maqsadida 2025 yil may oyida Lahor va Karaçi şaharlarida Buxoro viloyati turistik salohiyatiga bağişlangan "road şou" taşkil etiş töğrisida kelişib olindi.
Erkin industrial zonaga taşrif çoğida mazkur hududda Pokistonning Diners kompaniyasi bilan ip-kalava va sun’iy tola aralaşmasidan mato işlab çiqariş loyihasini amalga oşirişi, Herbion kompaniyasi bilan esa dorivor ösimliklarni saqlaş omborini taşkil etişi yuzasidan kelişuvga erişildi.
Mahalliy Lattico kompaniyasi pokistonlik hamkorlar bilan pişloq va sut mahsulotlari, jumladan kefir, smetana va tvorogni eksport qiliş böyiça savdo şartnomasi tuzdi. Pokistonning "1001" kompaniyasi bilan Buxoro viloyatida atir sovun işlab çiqariş zavodini quriş loyihasi işlab çiqildi.
Şuningdek, "Buxoro agroklaster" hududida Diners kompaniyasi tomonidan uy tekstili işlab çiqariş loyihasini amalga oşirişga kelişildi, "Buxoro sera impeks" kompaniyasi tomonidan Pokistonga oltingugurt yetkazib beriş böyiça şartnoma imzolandi.
Ğijduvon tumanidagi "Buxoro Fayz" kompaniyasi negizida mato işlab çiqariş va böyaş böyiça loyiha şartlari kelişildi.
Jondor tumaniga safar doirasida Hub Leather kompaniyasi bilan dastlabki bosqiçda terini qayta işlaş böyiça loyihani amalga oşiriş, "Jondor parranda çiken" va Pokistonning Forza Roma kompaniyalari örtasida parrandaçilik sohasida hamkorlik qilişga kelişib olindi.
Safar davomida Jondor tumani va Gujrat şahri mebel işlab çiqaruvçilari örtasida onlayn uçraşuv taşkil etildi. Gujrat şahri mebel işlab çiqaruvçilarining joriy yil aprel oyida hamkorlarning istiqbolli loyihalarini muhokama qiliş uçun Buxoroga işçi safarini taşkil etiş taklifi qöllab-quvvatlandi.
Şofirkon tumaniga taşrif çoğida pokistonlik şeriklar bilan "Amirteks" fabrikasi negizida xalqaro brendlar ostida mahsulot işlab çiqariş va uni Yevropa hamda Amerika bozorlariga eksport qiliş yuzasidan ahdlaşildi.
Tomonlar, şuningdek, terini qayta işlaş va tabiiy ösimliklardan dori vositalari işlab çiqariş böyiça loyihalarni muhokama qildilar.












